Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Namanganda “Sunʼiy intellekt” laboratoriyasi: innovatsiyalar sari yana bir qadam

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan davlat texnika universitetida barpo etilayotgan zamonaviy “Sunʼiy intellekt” ilmiy laboratoriyasi qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida obyektda amalga oshirilayotgan ishlar, bunyodkorlik surʼatlari hamda loyihaning amaliy yechimlari atroflicha koʻzdan kechirildi.

#xizmat_safari #Namangan

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154504

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21👍13😁4🔥2
💙💙💙

Farg'ona viloyatida yoshlar uchun bepul Koreys tili o'quv dasturiga
start berildi

Ushbu o'quv dastur O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi, Jahon Banki va IT Park Uzbekistan tashabbusining “Language Proficiency Development Program” loyihasi doirasida yo'lga qo'yilmoqda.

🎯Dasturning maqsadi;
🟢Koreys tilini TOPIK 3–5 darajagacha oshirish
🟢Soft skills (muloqot, jamoada ishlash, kasbiy tayyorgarlik) rivojlantirish
🟢 IT/ITES kompaniyalariga ishga joylashishda ko‘mak berish.


🗒O'quv Shakli;
🟠Oflayn darslar (Farg'ona viloyati)
🟠Haftasiga 12 soat 5 oy davomida
🟠Nazariy + amaliy mashg‘ulotlar


📇 Nomzodlarga talablar;
🟠Onlayn ro'yxatdan o'tish
🟠Koreys tili: kamida TOPIK 1/2/3
🟠Darslarda to'liq va faol qatnashish


⁉️Saralash bosqichlari;
1. Onlayn ariza
2. Motivatsion xat
3. Intervyu / Test savollar


📊 Joylar soni cheklangan

✍️ Batafsil ma'lumot:👈

🗓Ariza topshirish muddati:
20-may
2026 yil

🔗Ro‘yxatdan o‘tish: 👈

📞Aloqa uchun:
+998 91 435 35 30
+998 93 322 56 89
Telegram - @farrukh_2001
Telegram - @madiyorova_1991

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤4🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ilmiy_amaliy_anjuman

🗣“Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Renessans” ilmiy-matbuot markazlari, “Sharq nashr” nashriyoti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.

♦️Konferensiya doirasida chop etilgan maqolalar ResearchBible, Google scholar, OpenAire va “Elsevier” qoshidagi ssrn.com kabi xalqaro bazalarda indekslanadi.

Ishtirokchilarga quyidagilar bilan taqdirlanadi:

🎖 Esdalik ko‘krak nishoni;
📰 Maxsus Guvohnoma;
📑 Sertifikat (bosma shaklda);
📖 llmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron)
🗞Qabul xati hamda taklifnoma.


🕊Maqolalar @renessans_bunyodkorlari profili orqali o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg'iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
☑️Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤4🔥2🥰1
#Qonunchilik_yangiliklari

Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqituvchilari xorijga yuboriladi


🗒Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-apreldagi 134-son buyrug‘i bilan Malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilarini aniqlash tartibi tasdiqlandi.

💠Mazkur tasdiqlangan tartibga ko‘ra:

🚪 Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafardan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, umumtaʼlim fanlari va maxsus fan oʻqituvchilari malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi.

💬 Texnikumlarning xorijga yuboriladigan pedagoglari ro‘yxati Agentlikda maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.

✔️Malaka oshirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan pedagoglar my.moqt.uz raqamli platformasidagi portfoliolari ko‘rsatkichlari bo‘yicha va yakuniy attestatsiyada qo‘yilgan (test sinovlari va bitiruv malakaviy ishi himoyasi uchun qo‘yilgan) ballar yig‘indisiga ko‘ra saralanadi.

➡️Bunda, my.moqt.uz raqamli platformasi malaka oshirish kurslarini tashkil etadigan institutlar, markazlar va fakultetlarning raqamli platformalari bilan integratsiya qilinadi.

📆Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan saralash natijalari bo‘yicha yakuniy ro‘yxat 15-yanvarga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.

🗣gar saralash jarayonida bir nechta nomzodlarning ko‘rsatkichlari teng kelib qolsa, milliy yoki xalqaro darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga ustuvorlik beriladi:

♻️ Ballar quyidagicha taqsimlanadi:

👥 Quyidagi toifadagi pedagoglar uchun:
⚫️ Ta’lim ustalari;🔽
⚫️ Maxsus fanlar o‘qituvchilari;🔽
⚫️ Umumta’lim fanlari o‘qituvchilari (xorijiy til o‘qituvchilaridan tashqari):🔽

⬅️ B1 daraja uchun — 1 ball;🔼
⬅️ B2 daraja uchun — 2 ball;🔼
⬅️ C1 va undan yuqori daraja uchun — 3 ball qo‘shib beriladi.🔼

👥 Xorijiy til fani o‘qituvchilari uchun esa:
✔️ C1 daraja uchun — 1 ball;
✔️ C2 daraja uchun — 2 ball ustuvorlik beriladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari Endi har yili malaka oshirishda eng yaxshi natija koʻrsatgan 50 nafar taʼlim ustalari, umumtaʼlim va maxsus fanlar oʻqituvchilari xorijga yuboriladi 🗒Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 10-apreldagi 134-son buyrug‘i…
#Qonunchilik_yangiliklari

📑Maxsus komissiya tomonidan sertifikatlarning muvofiqligi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan (raqami – 3515) “Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorning 3-bobiga asosan aniqlanadi.

➡️2026-yildan boshlab xorijga yuboriladigan pedagoglarning ro‘yxati Maxsus komissiya tomonidan keyingi kalendar yilining 20-yanvar kuniga qadar tasdiqlanadi va malaka oshirishga yuborish mart oyidan boshlab amalga oshiriladi.

📆 2026-yilda xorijga yuboriladigan pedagoglar 2025-yilda malaka oshirgan pedagoglar orasida saralanadi.

👥 Xorijga yuboriladigan davrda pedagoglar kasbiy ta’lim tizimida faoliyatini yakunlagan yoki o‘z xohishiga ko‘ra malaka oshirishga borishni rad etgan taqdirda, bo‘shagan o‘rinlar uchun nomzodlarni saralash ballar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi.

📨 Xorijda malaka oshirib qaytgan pedagoglar texnikumdagi boshqa pedagoglar uchun kamida bir marta seminar o‘tkazadi.

‼️ Xorijga malaka oshirish uchun yuboriladigan pedagog kadrlarga kamida uch yildan so‘ng saralashda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

➡️ Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/154576

🧾 PDF shaklida yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
100 000$ gacha investitsiya jalb qilish imkoniyati — AIFU Pitch Day sizni kutmoqda!

AIFU Pitch Day — Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilayotgan respublika miqyosidagi innovatsion platforma bo‘lib, loyihangizga investitsiya jalb qilish, TOP soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish hamda tadbirkorlar bilan tanishish imkoniyatini beradi.

🆔 AIFU Pitch Day hakaton formatida va “Muhandislik oyligi” doirasida tashkil etilmoqda.

👥 Kimlar uchun:
Startup egalari, dasturchilar, dizaynerlar, AI va texnologiyaga qiziqqan barcha yoshlar (16–40 yosh).

💡 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar:
— $100 000 gacha investitsiya jalb qilish;
— 15 000 000 so‘m sovrin jamg‘armasi (1, 2, 3-o‘rinlar, + maxsus nominatsiyalar);
— AIFU universitetida o‘qish uchun 100% gacha grantlar;
— Top ekspertlar va kompaniyalar bilan netvorking;
— Har bir ishtirokchi uchun sertifikat.


📆 Muhim sanalar:
— 19-aprelgacha: ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish)
— 26-aprel: final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent)


⚡️ Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun — investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq.

❗️Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

👉 Ariza topshirish: https://pitch-day.uz/

📞 Qo‘shimcha savollar uchun: +998(78)5552121

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤8👏4🎉2👍1😁1
#hemis #ijtimoiy_faollik_indeksi

❗HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi!


☑️Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi.

♻️Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

1️⃣ my.hemis.uz platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
2️⃣ menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
3️⃣ ariza yaratish tugmasini bosing 👆va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

‼️ Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.


🧠Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤22😱4🔥3🤔1
#National_AI_Hackathon #Buxoro

Buxoroda “National AI Hackathon” yakunlandi — BuxDU jamoalaridan yirik g‘alaba!


Qadimiy va betakror Buxoro shahri yana bir bor innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar markaziga aylandi. Buxoro davlat unversiteti sport majmuasida o‘tkazilgan nufuzli “National AI Hackathon” yuqori saviyada, kuchli raqobat va katta qiziqish muhitida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xakatonga O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari Prezidentlarining tashrifi ishtirokchilarda unutilmas tassurotlar qoldirdi. AT sohasiga Davlat rahbarlari darajasida yuksak e’tibor qaratilayotgani yoshlarga katta motivatsiya berdi.

🏆 Yo‘nalishlar bo‘yicha natijalar:

🎓 Ta’lim:
🥇 Robots and Me — Buxoro davlat universiteti (4 nafar)

🥈 Feba
🥉 Monday Monday Academy IT o‘quv markazi (5 nafar)

🩺 Sog‘liqni saqlash:
🥇 Med IQ — Ulug‘bek Ultramed MChJ (Buxoro davlat tibbiyot instituti) (4 nafar)
🥈 Med AI — Buxoro davlat tibbiyot instituti (5 nafar)
🥉 NeuroX — Buxoro davlat universiteti (4 nafar)

💼 Tadbirkorlik:
🥇 Databek — BuxDU & OXU (4 nafar)

🥈 Ko‘k Choy (Buxoro davlat pedagogika instituti)
🥉 Protocol X


Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍5🔥3😱1🤩1