Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur sport tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa ishtirok etmoqda.


Musobaqaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu musobaqa orqali talabalar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish koʻzda tutilgan.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov soʻzga chiqib, mazkur musobaqaning ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

— Bugungi tadbirlar doirasida talaba-qizlar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarining tashkil etilayotganida oʻziga xos ramziy maʼno bor. Chunki, bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan xotin-qizlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlar har bir taʼlim muassasasida oʻzining amaliy ifodasini topishi lozim, — dedi vazir.


Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156787

👉 На русском
👉 In English

#sport_haftaligi #Vazir_kubogi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤25👍15👏8🔥5🎉1
#sarhisob_murojaat
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2026-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/sections/view/33603

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤18👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MediaHaftalik #Qashqadaryo

Qarshi davlat universitetida “Media haftalik” boʻlib oʻtmoqda

Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida mamlakatimizdagi eng yirik media sohasida malaka oshirishga qaratilgan loyihalardan biri — “Media haftalik” boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur loyiha doirasida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashdi.

Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun zamonaviy jurnalistika, kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena va media savodxonlik kabi muhim yoʻnalishlarda oʻquv-seminarlar va mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Mashgʻulotlar davomida sohaning yetakchi mutaxassislari va media-ekspertlar ishtirokchilar bilan oʻz tajribasini oʻrtoqlashib, global axborot maydonidagi yangi tendensiyalar, sunʼiy intellekt taʼsiri va feyk axborotlarga qarshi kurashish usullari haqida amaliy bilimlar bermoqda.


Mazkur haftalik 24-aprelga qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2
Koreya madaniyat va ta’lim markazi ochildi

21-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Koreya madaniyat va ta’lim markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir universitetda amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalarning muhim bosqichlaridan biri sifatida tashkil etildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏6🔥1