Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish uchun yangi tashabbuslarga start berildi!

Xabar berganimizdek, bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan oʻquv-amaliy seminar va sport haftaligi boshlandi.

2026-yil 7-aprel kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan o'quv-amaliy seminarida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikramov hamda Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etishdi.


Yig'ilishda jismoniy tarbiya va sportni oliy taʼlim tizimi bilan uzviy bogʻlash, talabalar oʻrtasida sogʻlom va faol hayot tarzini shakllantirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan ekani alohida qayd etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156623

👉 На русском
👉 In English

#sport_haftaligi #seminar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍22❤10🔥3👏1
“Termiz tajribasi” — sportni rivojlantirishning yangi va samarali modeli

Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv-amaliy seminari doirasidagi yana bir muhim tadbir oliygohning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilgʻor tajribalarini oʻrganishga bagʻishlandi.

Seminar ishtirokchilari universitetda tashkil etilgan sport klublari, zamonaviy infratuzilma, shuningdek, sport tibbiyoti va mashgʻulot jarayonlari bilan bevosita tanishishdi. Bu esa oliy taʼlim tizimida sportni rivojlantirish va “Termiz tajribasi”ni respublika miqyosida keng joriy etishga zamin yaratadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156642

👉 На русском
👉 In English

#sport_haftaligi #seminar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍19❤9🔥2
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sen Toshkentda oʻqishing kerak” – Qoʻngʻirotboy Sharipovning sevimli asarlari

Kelajak soatining “Men sevgan adabiy qahramon” chorlovining navbatdagi mehmoni – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov.

Vazir badiiy kitoblar, sevimli qahramonlari haqida gapirar ekan “Ufq” trilogiyasi, “Yulduzli tunlar”, “Birinchi muallim”, “Muhandis” asarlarini yodga oldi. Ayniqsa, Chingiz Aytmatovning qahramonlari: muallim Duyshenning Oltinoyga aytgan gapi Qoʻngʻirotboy Sharipovning yodidan chiqmaydi, qolganini vazirning oʻzidan eshitamiz.

Sizning eng sevimli adabiy qahramoningiz kim? Va chorlovimizda yana kimlar chiqishini xohlaysiz? Fikrlaringizni yozing!

Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
🔥14👍11❤4👏1😁1
📣 Talabalar o‘rtasida kiber sport bo‘yicha “Ziyo Cup” turniri o‘zining kulminatsion nuqtasiga yetdi!

💠 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi hamda “Infinbank” hamkorligida tashkil etilgan “Ziyo Cup” kiber sport musobaqasi qizg‘in pallaga kirdi.

♻️ Murosasiz kechgan bahslar natijasida turnirning yarim final yo‘llanmasini quyidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari qo‘lga kiritishdi:

⛳Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

⛳Inha universiteti;

⛳TMC universiteti;

⛳Samarqand xalqaro texnologiyalar universiteti.

💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mni tashkil etuvchi mazkur turnir nafaqat g‘oliblik, balki talabalar o‘rtasida raqamli texnologiyalar va strategik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Hal qiluvchi o‘yinlar va kiber sport olamidagi haqiqiy drayvni quyidagi havola orqali onlayn kuzatishingiz mumkin:
jonli efirga o‘tish

#musobaqa #kiber_sport #ZiyoCup

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4🔥1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisidagi nutqida kelgusi yildan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik Oʻzbekistonga oʻtishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz raisligimizning ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berib oʻtarkan, xususan, uzluksiz taʼlim tizimi orqali – maktabgacha taʼlim darajasidan to mutaxassislarni tayyorlashgacha – suvdan oqilona foydalanishni har bir kishining kundalik odatiga, umumiy madaniy kodimizga aylantirishga intilishimiz lozim ekanini ta'kidladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍12