#ekskursiya
Vazirlik xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari ishdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda milliy merosimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu madaniy tashrif jamoaning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va ajdodlarimiz yaratgan boy sivilizatsiya bilan tanishish uchun xizmat qildi.
Tashrif davomida vazirlik jamoasi markazning muhtasham me’moriy yechimi, keng qamrovli ekspozitsiya zallari va u yerda yaratilgan yuksak madaniy muhitni ko‘zdan kechirdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157765
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤19👍15🔥4🤔2
#Xalqaro_hamkorlik
Quyosh nuridan obi hayot: malayziyalik talabalarning “Gulshan” mahallasiga tuhfasi
Qarshi davlat texnika universitetida Malayziyaning nufuzli Petronas texnologiyalar universiteti hamkorligi doirasida “Salom, Qarshi” shiori ostida talabalar almashinuv dasturi amalga oshirildi.
Hafta davomida delegatsiya aʼzolari Qarshi davlat texnika universiteti talabalari bilan birgalikda innovatsion muhandislik yechimlari boʻyicha seminarlarda ishtirok etdilar, hududdagi yirik sanoat korxonalari va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Bu hamkorlik ikki davlat yoshlari oʻrtasida madaniy muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Professor Mohd Jul Hakim Virzal boshchiligidagi 20 nafar malayziyalik talabalardan iborat delegatsiya Qashqadaryo vohasida nafaqat taʼlim, balki muhim ijtimoiy loyihani ham amalga oshirdi.
Batafsil: https://kstu.uz/uz/news

👍37❤36🔥32🎉26😁24