Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Vazir “INNO” texnoparkida yosh muhandislar bilan muloqot qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “INNO” innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkiga muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va yosh startapchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir doirasida vazir sohani takomillashtirishga qaratilgan so‘nggi islohotlar haqida to‘xtalib, muhim yangilikni e’lon qildi. Davlat rahbarining farmoniga muvofiq yangi tashkil etilgan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi direktorligiga Akbarxon Sobirxonov tayinlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157317

#Rahbar_yoshlar

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤7👏5🔥1🥰1
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali mehmoni, Nobel mukofoti sovrindori Serge Haroche O’zbekistonda!


Poytaxtimizda o‘tkaziladigan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida dunyo ilm-fani yulduzi, fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, professor Serj Arosh (Serge Haroche) mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Hozirda professor Serj Arosh qadimiy va navqiron Samarqand shahrida bo‘lib turibdi. Bugun olim Samarqand davlat universitetida 200 dan ortiq yosh olimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalar bilan uchrashdi. Tadbir yakunida Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xolmurodov jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Serj Aroshga Samarqand davlat universitetining Faxriy professori unvonini topshirdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/157315

#Kelajak_muhandislari #mehmon #Nobel_sovrindori

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤10😁3😱2🤩1
⚡️ Dasturlash va matematika musobaqasiga marhamat!


Siz IT sohasida oʻz kelajagingizni koʻryapsizmi? Bilimingiz va mantiqiy fikrlashingizni xalqaro darajada sinab koʻrishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun!

✍️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va “Yandex” kompaniyasi hamkorlikda “Yandex Coding and Math Contest (CMC)” ochiq musobaqasini eʼlon qiladi!

🏆 Musobaqa gʻoliblarini nimalar kutmoqda?

🟢 Yandex Uzbekistan kompaniyasida stajirovka oʻtash uchun suhbatga taklif;
🟢 “ML School Uzbekistan” saralashining final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma;
🟢 Qimmatbaho sovgʻalar va esdalik buyumlari.

🔔 Musobaqa tartibi:

♻️ Bellashuv ikki bosqichda – ingliz tilidagi 10 ta matematika va dasturlash masalalari asosida oʻtkaziladi:

1️⃣ Onlayn saralash: 2026-yil 26-aprel.
2️⃣ Offlayn final: 2026-yil 22-may.

🎉 Tantanali taqdirlash: 23-may.

📆 Roʻyxatdan oʻtish muddati: 25-aprelgacha.

💡 Bu nafaqat musobaqa, balki sunʼiy intellekt va zamonaviy texnologiyalar olamiga kirish uchun beqiyos imkoniyatdir. Oʻz salohiyatingizni namoyish eting va xalqaro IT hamjamiyatining bir qismiga aylaning!

🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun➡️ havola

☎️Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871 202-41-11 (121)

#YangiUzbekistan #YandexCMC #ITmathematics

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Edu.uz pinned a photo
✴️HEMIS tizimida bitiruvchi talabalar diplomlarini rasmiylashtirishning yangi tartibi


📢 HEMIS axborot tizimining yangilangan versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini shakllantirish va bitirish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish jarayonlariga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda.

♻️ Endilikda talabalarning o‘qishini yakunlash va diplom hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi 4 bosqichli algoritm asosida amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich: Akademik qarzdorlik va akkreditatsiyani tekshirish.

Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirganligi (akademik qarzdorligi yo‘qligi) qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi va yo‘nalish bo‘yicha akkreditatsiya ma’lumotlari tasdiqlanadi.

2️⃣-bosqich: Diplom anketasini shakllantirish.

Har bir bitiruvchi uchun diplom anketasi yaratiladi. Ma’lumotlar to‘liqligi tekshirilgach, diplomning PDF shakli generatsiya qilinadi. Ushbu bosqichda barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish shart.

3️⃣-bosqich: Bitirish buyrug‘ini rasmiylashtirish.

Talabaning o‘qishini tamomlagani to‘g‘risidagi buyruq tizimda rasmiylashtiriladi va uning holati (statusi) “Bitirgan” darajasiga o‘tkaziladi.

4️⃣-bosqich: Tasdiqlash va reestrga kiritish.

Diplomlar yakuniy tasdiqdan o‘tkaziladi, nashr etish parametri faollashtiriladi va hujjat avtomatik ravishda diplomlar reestriga yo‘naltiriladi.

❗ DIQQAT, MUHIM ESLATMA!

Yangi tartibga ko‘ra, tizimdagi “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi. Shuning uchun har bir bosqichda ma’lumotlarni kiritishda yuqori darajadagi mas’uliyat va aniqlik talab etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda “Milliy qadriyatlar sayli” bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan “Somoniylar” istirohat bog‘ida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘zbek xalqining urf-odat va an’analarini aks ettiruvchi kelin salom, beshik to‘yi kabi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, ming yillardan buyon davom etib kelayotgan etnosport turlari — kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, chillik hamda besh tosh kabi milliy o‘yinlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba va bitiruvchilarning ishga joylashishga ko’maklashuvchi yangi raqamli ekotizim — career.edu.uz ishga tushirildi.

♻️ Ish beruvchilar uchun qulay yechimlar:

🟢 AI asosida vakansiyaga mos nomzodlarni topish
🟢 Vakansiyalarni tez va oson joylashtirish
🟢 Frilans xizmatlaridan foydalanish

🎓 Talabalar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar:

🟢Bir necha daqiqada professional rezyume yaratish
🟢Frilans xizmatini taklif etish
🟢Bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza topshirish
🟢“AI HR menejer” bilan interaktiv suhbatlar

career.edu.uz — talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan eng qulay manzil!

📲 Ilovani yuklab olish
Android | IOS
— — —

Запущена career.edu.uz — новая цифровая экосистема для содействия в трудоустройстве студентов и выпускников.

🏢 Удобные решения для работодателей:

🟢Подбор подходящих кандидатов с помощью искусственного интеллекта (ИИ)
🟢Быстрая и удобная публикация вакансий
🟢Привлечение фрилансеров для выполнения задач

🎓 Новые возможности для студентов и выпускников:

🟢 Создание профессионального резюме всего за несколько минут
🟢Предоставление фриланс-услуг
🟢Онлайн-отклик на открытые вакансии
🟢Прохождение интерактивных собеседований с AI HR-менеджером

career.edu.uz — самая удобная площадка, где встречаются студенты и работодатели!

📲 Скачать приложение
Android | IOS

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤17👍17😱5🔥3👏3
Edu.uz pinned a video
Forwarded from Kelajak soati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dars: “Milliy oʻzlik”

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinov talabalariga “Milliy oʻzlik” mavzusidagi “Kelajak soati” darsini oʻtib berdi.

Darsning toʻliq varianti: https://youtu.be/DheiyTsc5Rs

Bizni kuzatib boring:
Instagram | Telegram | Youtube | Facebook
❤11👍7👏1