Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jamoatchilik_muhokamasi

“Kasbiy taʼlim tashkiloti metodistlari” kasbiy standarti loyihasi vazirlik saytiga muhokama uchun joylandi


📝 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy taʼlim tizimida metodik faoliyatni yanada rivojlantirish, o‘quv-uslubiy jarayonlarni samarali tashkil etish hamda mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini aniqlashtirish maqsadida “Kasbiy taʼlim tashkilotlari metodisti” kasbiy standarti loyihasi ishlab chiqildi.

❔ Mazkur standart nima uchun kerak?

📖 Ushbu hujjat Kasbiy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan metodistlarning bilim darajasi, ko‘nikmalari va mehnat vazifalariga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Shuningdek, u kadrlar boshqaruvi, kasbiy malakalarni mustaqil baholash hamda taʼlim sifatini oshirish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️ Standart quyidagi yo‘nalish va jihatlarni qamrab oladi:

– Kasbiy taʼlim metodistlarining faoliyat sohasi va qo‘llanilish doirasi;
– Asosiy tushunchalar va atamalar (andragogika, taʼlim, kasb, ko‘nikma va boshqalar);
– Taʼlim jarayoniga oid hujjatlar va tizimlar (DTS, o‘quv reja, o‘quv dasturi);
– Kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan mehnat funksiyalari va vazifalari.

✅Yangi tizimda metodistlardan nimalar kutilmoqda?

🟢 Taʼlim beruvchilarning bilimlarini rivojlanishiga uslubiy yordam ko‘rsatish;
🟢 Kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirish;
🟢 Taʼlim dasturlarini amalga oshirilishini taʼminlashda metodik ko‘maklashish.

🔔 Sizning fikringiz biz uchun muhim! Loyiha muhokamasida o‘z fikr va mulohazalaringizni 2026-yil 12-mayga qadar (shu kuni ham) bildirishingiz mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari #Dron_loyihalash

“Kelajak muhandislari”: Dron loyihalash musobaqasi

“Zakovat arena” binosi oldidagi maydonda muhandislikning zamonaviy yo‘nalishlaridan biri — “Dron loyihalash” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada ishtirokchilar o‘zlari yaratgan masofadan boshqariladigan uchuvchisiz uchish apparati — dronlar yordamida yonayotgan uy maketidagi yong‘inni o‘chirish vazifasini bajaradilar.

Jarayonda dronlarning texnik imkoniyatlari, boshqaruv aniqligi hamda yechimlarning samaradorligi muhim mezon sifatida baholanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5👏3❤2
📢📢📢📢📢

🎭 “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi Andijonda o‘tkaziladi

🇺🇿 “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi final bosqichi 18-20-may kunlari amaldagi festival g‘olibi — Andijon davlat pedagogika instituti mezbonligida Andijon viloyati Musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tadi.

🏬 Final bosqichida o‘z ijodi, g‘oyasi va iste’dodi bilan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi 9 ta oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari ishtirok etadi:

⏺ Ma’mun universiteti
⏺ Qarshi davlat universiteti
⏺ Termiz davlat universiteti
⏺ Farg‘ona davlat universiteti
⏺ Samarqand davlat universiteti
⏺ Buxoro davlat tibbiyot instituti
⏺ Central Asian Medical University
⏺ Shahrisabz davlat pedagogika instituti
⏺ O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

🏆Festival g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉3-o‘rin – BHMning 85 barobari;

🎭 Nominatsiyalar bo‘yicha:

➡️“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – BHMning 35 barobari;
➡️“Eng yaxshi erkak roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Eng yaxshi ayol roli uchun” – BHMning 25 barobari;
➡️“Jamoa ijodkor talabasi” – BHMning 20 barobari;
➡️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – BHMning 15 barobarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, festival g‘olib jamoasi a’zolari xorijiy davlatlardan biriga sayohat qilish imkoniga ham ega bo‘ladilar.

📢Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍3😱2
#Kelajak_muhandislari #Vazir_tashrifi

Vazir “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan musobaqalarni ko‘zdan kechirdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugun “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Vazir festival dasturidan o‘rin olgan zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishidagi bellashuvlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, Tiny Whoop, dron futbol (soccer), robot-sapyor, Robo War, Robo War Mini, gumanoid robotlar, robo futbol, robo sumo, robo follower, WRO RoboMission, chip dizayn, Robo Coders, 3D modellashtirish hamda mexanizmlar estafetasi kabi musobaqalar bilan tanishildi.

Shuningdek, yosh muhandislarning innovatsion ishlanmalari, robototexnika yechimlari va amaliy loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida, “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali muhandislikning 9 ta dolzarb yo‘nalishini qamrab olib, unda aviatsiya, robototexnika, agrotexnologiyalar, chip dizayn, yashil energetika, arxitektura hamda tibbiyot muhandisligi sohalarida 30 dan ortiq respublika va xalqaro musobaqalar tashkil etilgan.


Festival doirasida 6 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar qatnashib, joriy yilda 14 mingga yaqin yosh muhandislar jalb etilgani ushbu tadbirning keng qamrovini namoyon etadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4🎉4👍1
Aniq va tabiiy fanlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Navoiy davlat universitetida “Aniq va tabiiy fanlarda dolzarb muammolar: tadqiqotlar, natijalar va tatbiqlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berdi.

Anjumanda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yetakchi olimlar ishtirok etib, dolzarb mavzularda ilmiy ma’ruzalar qildilar. Jumladan, “Matematika ilmi va ta’limida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyati” mavzusida akademik S. Lakaev, “Qoplama haqidagi masala va uning tatbiqlari” bo‘yicha professor A. Ikromov, “Markaziy limit teoremalari mavzusini o‘qitishda funksional metodlar” mavzusida professor J. Abdullayev hamda boshqa olimlar fan sohasidagi yangiliklar va ilmiy natijalar yuzasidan ma’ruza qilishdi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍4