Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajak_muhandislari #Vazir_tashrifi

Vazir “Yangi avlod avtomobili” musobaqasini kuzatdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod avtomobili” musobaqasi jarayonlari bilan tanishdi.

Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 20 dan ortiq jamoa hamda 200 nafardan ziyod yosh muhandislar o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion elektromobillar bilan ishtirok etmoqda.

Bellashuv davomida prototiplar 10 kilometrlik yopiq trassa sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Asosiy mezon sifatida minimal energiya sarfi evaziga maksimal masofani bosib o‘tish qobiliyati belgilangan.

Kuzatuv davomida vazir yosh muhandislar ishlanmalarini yuqori baholab, ularning yaratuvchan g‘oyalari va innovatsion yondashuvlari haqida ishtirokchilar bilan suhbatlashdi hamda o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍9👏2
ToshDOʻTAUda Yunus Emro Turk madaniyati markazi ochildi


28-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yunus Emro instituti Toshkent ofisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ufuq Ulutosh, Ozarbayjon elchisi Huseyn Guliyev, Yunus Emro instituti direktori, professor Abdurahmon Ali, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Isajon Sulton, ToshDOʻTAU rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov, shuningdek, ikki mamlakatning taniqli olimlari, OAV vakillari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

#xalqaro_hamkorlik

♻️ Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2
#Zakovat2026

O‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi


Yurtimizdagi jami 509 ta o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini qamrab olgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bosqichi o‘tkazildi.

Tadbir Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida tashkil etildi.


Hududiy saralash bosqichi orqali respublika bosqichiga yetib kelgan 42 ta ta’lim tashkiloti jamoalari o‘rtasida shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi jamoasi
🥈2-o‘rin: IIV Farg‘ona akademik litseyi jamoasi
🥉3-o‘rin: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi jamoasi

💻 Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga tashkilotchilar tomonidan noutbuklar sovg‘a qilindi.

🎓 Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

💵 Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👏6👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Expo Cleaner

Expo Cleaner — quyosh panellari yuzasini tozalash uchun mo‘ljallangan innovatsion qurilma bo‘lib, u yengil va arzonligi bilan ajralib turadi. Ushbu qurilma suv sarfini sezilarli darajada tejashga yordam beradi hamda samarali tozalash imkonini yaratadi. Bundan tashqari, chet eldagi o‘xshash mahsulotlarga nisbatan arzonligi uni yanada qulay va raqobatbardosh yechimga aylantiradi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤4🔥2👏1