Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Kelajak_muhandislari #Robo_futbol

“Kelajak muhandislari”: “Robo futbol” musobaqasi

“Alpomish” muz saroyida robototexnika muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi qiziqarli musobaqalardan biri — “Robo futbol” bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda jamoalar o‘zlari ishlab chiqqan robotlar yordamida maxsus futbol maydonida o‘zaro kuch sinashadi. Asosiy maqsad — raqib darvozasiga imkon qadar ko‘proq gol urish.

“Robo futbol” o‘yini 2 ta taymdan iborat bo‘lib, har bir taym 2 daqiqa davom etadi.

Mazkur musobaqa ishtirokchilardan dasturlash, mexanika, sun’iy intellekt asoslari hamda strategik fikrlash ko‘nikmalarini talab etadi.


Jamoalar robotlarni samarali boshqarish, o‘yin taktikalarini ishlab chiqish va texnik muammolarni tezkor hal etish orqali o‘z mahoratini namoyon etmoqda.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Agro dron

Agro dron loyihasi qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Mazkur loyiha doirasida zamonaviy dron qurilmalarini ichki imkoniyatlar asosida ishlab chiqish, ularni ekin maydonlarini monitoring qilish, o‘g‘itlash va himoya qilish jarayonlarida qo‘llash ko‘zda tutilgan.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥3👏3🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kelajak_muhandislari

😅Kelajak muhandislari: Quyosh pechi

Quyosh pechi yordamida o‘tkazilgan amaliy tajribalar jarayonida tuxum pishirish va choy qaynatish muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Mazkur tajriba quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini namoyon etib, muqobil energiya manbalarining kundalik hayotdagi ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Ushbu natijalar quyosh pechlarining ekologik toza, iqtisodiy samarador hamda energiya tejamkor texnologiya sifatida keng qo‘llanishi uchun katta imkoniyatlar mavjud ekanini ko‘rsatadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍6🔥2🥰1
#jamoatchilik_muhokamasi

“Kasbiy ta’lim tashkiloti to‘garak (jamoa) rahbari” kasbiy standarti loyihasi muhokamaga taqdim etildi


Kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi to‘garak (jamoa) rahbarlarining ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ularning kasbiy kompetensiyalarini aniq belgilash maqsadida yangi kasbiy standart loyihasi tayyorlandi.

✅ Bu standart nimani anglatadi?

Mazkur hujjat to‘garak rahbarlarining kasbiy faoliyatini yagona tizim asosida tartibga soladi. Unda ularning bilim darajasi, amaliy ko‘nikmalari hamda bajaradigan vazifalariga qo‘yiladigan asosiy talablar belgilab berilgan.

➡️ Loyihada e’tibor qaratilgan asosiy jihatlar:

– Ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni va tashkil etilishi;
– To‘garak mashg‘ulotlarini samarali olib borish metodikasi;
– O‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari;
– Ta’lim dasturlari va o‘quv hujjatlari bilan ishlash;

☑️ To‘garak rahbarining asosiy vazifasi nimadan iborat?

✔️O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va ularda qiziqish uyg‘otish;
✔️Nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash;
✔️Ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish;
✔️Har bir o‘quvchiga individual yondashuvni ta’minlash;
✔️Zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish.

Standartning asosiy g‘oyasi — to‘garak mashg‘ulotlarini oddiy qo‘shimcha dars emas, balki o‘quvchilarning kelajak kasbini tanlashiga xizmat qiladigan muhim amaliy maydonga aylantirishdir.

🔔 Taklif va fikrlaringiz muhim! Ushbu loyiha bo‘yicha o‘z mulohazalaringizni bildirish orqali ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishingiz mumkin.

Loyiha matni 👉🏻bu yerda

Takliflaringizni Edu.uz orqali qoldiring.

Loyihani 📄 yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
#Kelajak_muhandislari #Dron_futbol

“Kelajak muhandislari”: Dron futbol musobaqasi

“Alpomish” muz saroyida aviatsiya muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Dron futbol” bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda 3 kishidan iborat jamoalar (1 hujumchi va 2 himoyachi) o‘zaro bellashmoqda.

“Dron futbol” — bu 360° himoya qafasiga ega dronlar yordamida maxsus maydonda o‘tkaziladigan jamoaviy sport turi hisoblanadi. O‘yin 6×3×3 metr o‘lchamdagi maydonda tashkil etilib, unda dron “to‘p”ni diametri 40 sm bo‘lgan halqa shaklidagi darvozadan o‘tkazish orqali gol uriladi.

Har bir uchrashuv 2 bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim 3 daqiqa davom etadi. Musobaqa davomida ishtirokchilardan aniq boshqaruv, tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy muvofiqlik talab etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤5😱1