Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Talaba Expo – 2026: Termiz davlat pedagogika institutida ochiq muloqot oʻtkazildi

Termiz davlat pedagogika institutida Talaba Expo – 2026 doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda institut rektori Azizbek Xasanov ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda bitiruvchi yoshlarning fikr va takliflarini tinglash maqsadida oʻtkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/159714

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2
#FLTAL_ilmiy_xalqaro_anjuman_

FLTAL yo‘nalishiga bag‘ishlangan 16-xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida Xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy lingvistikaga (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics – FLTAL) bag‘ishlangan 16-xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

25 ta davlatdan 200 ga yaqin mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etgan anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov onlayn tabrik yo'lladi.

Professor Azamat Akbarov moderatorligida o‘tgab tadbirda universitet rektori Maqsud Yuldashev so‘zga chiqdi.

Konferensiya doirasidagi ma’ruzalarda zamonaviy tilshunoslik va til ta’limiga oid muhim masalalar yoritildi.


Sho‘ba sessiyalarda ikki va ko‘p tillilik, til o‘rganish va baholash, o‘qituvchilar tayyorlash, sun’iy intellektni ta’limga joriy etish, madaniyatlararo muloqot, kognitiv lingvistika va tarjima nazariyasi kabi dolzarb yo‘nalishlar keng muhokama qilindi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍7🔥3👏3🥰1
🚀 Bo'lajak startap asoschilari uchun Bootcamp — 1–2-may, Samarqand

UzVC va Hackonnect, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda Samarqand davlat universitetida ikki kunlik tayyorlov intensiv dasturini o'tkazadi. Bu — Techstars Startup Weekend Samarkand'ga tayyorgarlik bosqichi.

Ikki kun davomida gʻoyani tekshirish va sinovdan oʻtkazishdan tortib, dastlabki mahsulot yaratish va biznes model tuzishgacha boʻlgan barcha jarayonni oʻrganasiz. Texnik bilim shart emas — sunʼiy intellekt vositalari yordamida tezkor mahsulot yaratish ham dasturda bor.

Bootcamp talabalar, boshlovchi tadbirkorlar hamda o‘z g‘oyasini texnologik biznesga aylantirmoqchi bo‘lgan barcha ishtirokchilar uchun mo‘ljallangan.

🎤 Spikerlar: Artyom Melentyev (INSON), Aleksandr Rubtsov (FoyDa), Shahriyor Xudoyberdiyev (UzVC), Sergei Shima (TDI Group), Aziza Xamdamova (Hackonnect), Azam Qahramoniy (Englify).

📍 Samarqand davlat universiteti, AI Department, 102
1–2-may, 11:00
Eng faol ishtirokchilar uchun sovrinlar
BEPUL ro'yxatdan o'tish:
https://tickets.techstarsuzbekistan.uz/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8