Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#fotojamlanma #YoshlarKuni #Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan #KelajakMuhandislari #BolajakOlim

“30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimidan fotojamlanma

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2🔥2
Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Buxoro davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida talabalar tomonidan ilgari surilgan tashabbus, taklif va g‘oyalar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish, ta’lim sifati, ilm-fan, innovatsiyalar, raqamlashtirish, bandlik hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Takliflar orasida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’limni raqamlashtirish, talabalar bandligini oshirish va akademik mobillikni rivojlantirish masalalari ilgari surildi.

Xususan, talabalar startaplari uchun milliy platforma yaratish, yagona elektron kutubxona tizimini joriy etish, “Talaba-frilanser” dasturini yo‘lga qo‘yish, ichki akademik mobillikni kengaytirish, amaliy loyihalarni diplom ishi sifatida tan olish hamda kutubxonalarni kreativ kovorking markazlariga aylantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.


Uchrashuv yoshlarning faolligini oshirish, ularning dolzarb muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish hamda istiqbolli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Batafsil:
https://surl.li/zjljts

👉 На Русском
👉 In  English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15👍3🔥3👏2🤩2