Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Jamoatchilik_kengashi #Yigʻilish

Jamoatchilik kengashida davlat ijtimoiy buyurtmalari ijrosi va yangi loyihalar muhokama qilindi


25-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastlab 2025-yilda davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan “Istiqbol” tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilayotgan oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyiha yuzasidan bugungi kunga qadar bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi.

Shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi “Navkat” mahallasi hamda unga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, jumladan yoshlar, xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qamrab oluvchi innovatsion kooperativ tashkil etish bo‘yicha ijtimoiy loyiha muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/184042

👉
На руcском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😁4
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Statistika

❗️ 2026-2027-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunladi.

📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59.

Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28❤10😱10🔥1
#jamoatchilik_muhokamasi #loyiha

Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda


💠 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Lyaonin pedagogika universitetining Xiva shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

🔗Loyihaga koʻra, filialda quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash rejalashtirilgan:

Bakalavriat:
Xalqaro xitoy tili taʼlimi;
Turizm boshqaruvi;
Xalqaro biznes;
Sunʼiy intellekt.

Magistratura:
Xitoy tili va madaniyatini oʻqitish metodikasi;
Taʼlim boshqaruvi;
Sunʼiy intellekt va taʼlim texnologiyalari.


💳Filialda taʼlim jarayoni kunduzgi va masofaviy shakllarda tashkil etiladi. Darslar xitoy, oʻzbek va ingliz tillarida olib borilishi koʻzda tutilgan.

📁Qaror loyihasi boʻyicha fikr va takliflar jamoatchilik muhokamasi jarayonida qabul qilinmoqda.

💬Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.adliya.uz platformasi orqali qoldiring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤1
Faol va iqtidorli yoshlar taqdirlandi

25-iyun kuni “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida “30-iyun — Yoshlar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek, bir qator vazirlik va idoralar vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Akademik harakatchanlik” dasturi, “Bo‘lajak olim”, “Kelajak muhandislari”, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” hamda boshqa respublika miqyosidagi ilmiy-innovatsion tanlovlar, olimpiadalar, festivallar va musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan, innovatsion tashabbuslari bilan ajralib turgan 21 nafar iqtidorli yoshlar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/184057

👉На руcском
👉In English

#YoshlarKuni #Innovatsiya #Yoshlar #IlmFan #KelajakMuhandislari #BolajakOlim

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥1