Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
28–30-iyul kunlari Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilayotgan “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasidan fotolavha

Misr Arab Respublikasining Qohira shahrida o‘tkazilayotgan “EDUGATE 2026” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi va universitetlar forumida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etib, o‘zlarining ta’lim dasturlari, ilmiy salohiyati va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Mazkur xalqaro maydonda “Study in Uzbekistan” loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari ham faol qatnashib, mamlakatimizdagi ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy dasturlar, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni keng targ‘ib qilmoqda.


#StudyInUzbekistan #EDUGATE2026 #Qohira #Fotolavha

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤9👍2🔥2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam!


Bugun ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yo‘lida dadil odimlayotgan Yangi O‘zbekistonning muhim tayanch maskanlaridan biri — Namangan davlat universitetidir.

Hozirda 10 ta fakultet, 2 ta fakultetga tenglashtirilgan bo‘limlarda 76 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalish, 26 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha mamlakatimizning turli viloyatlari va qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan 20 ming nafarga yaqin talabaga 700 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda.


O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan yurtimiz va xorijdagi barcha abituriyentlarni Namangan davlat universitetiga o‘qishga taklif etamiz.

📞 Call-center: +998692395006
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 21:00 gacha

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤12👍5🔥2
#KelajakMuhandislari #XalqaroTajriba

“Kelajak muhandislari” tanlovi g‘oliblari AQSHning yetakchi universitetlari va Silikon vodiysida tajriba orttirdi
.

2025-yilda o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” respublika tanlovi g‘oliblari Amerika Qo‘shma Shtatlarida tashkil etilgan 15 kunlik stajirovka dasturida ishtirok etdi.

Stajirovka davomida yosh muhandislar Stanford universiteti, Massachusets texnologiya instituti — MIT, Harvard universiteti, UC Berkeley hamda San-Fransisko davlat universiteti kabi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining faoliyati, ilmiy-tadqiqot muhiti va innovatsion ekotizimi bilan yaqindan tanishdi.

Batafsil:https://gov.uz/edu/news/view/199137

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤14👍3
#dayjest#ichki_turizm

🗣Oliygohlar talabalari uchun “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida ekskursiyalar tashkil etildi.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy-madaniy merosimizga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida muzeylar, tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va boshqa turizm maskanlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.

• Urganch davlat universiteti⁠

• Urganch davlat pedagogika instituti⁠

• Andijon davlat universiteti⁠

• Termiz davlat pedagogika instituti⁠

• Namangan davlat texnika universiteti⁠

• Namangan davlat texnika universiteti⁠

• Fargʻona davlat universiteti⁠

• Buxoro davlat universiteti⁠

• Andijon davlat tibbiyot instituti⁠

• Toshkent davlat transport universiteti⁠

• Buxoro davlat pedagogika instituti⁠

• Olmaliq davlat texnika instituti⁠


Zero, o‘z tarixini anglagan, ajdodlari merosini qadrlagan yoshlar kelajakni yanada yuksak maqsadlar bilan bunyod etadi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1