Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Xorazm

🏛 “TalabaExpo–2026”da UrDU jamoasi va talabalari munosib e’tirof etildi

Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida oliygoh jamoasi o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etib, universitetning ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy-innovatsion ishlanmalari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni namoyish etdi.

Ko'rgazma davomida bitiruvchi talabalar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari, shuningdek, tadbirkorlik loyihalari hamda istiqbolli biznes tashabbuslari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Tadbir yakunida universitet jamoasi ko‘rgazmani munosib tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol qatnashib kelayotgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Facebook | Instagram | YouTube| Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍2🎉2🥰1👏1
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida Garvard professori Rikardo Xausmannning iqtisodiy murakkablikka bagʻishlangan ochiq maʼruzasi boʻlib oʻtdi

“Yangi O‘zbekiston”
universitetida Garvard universitetining Kennedi nomidagi Davlat boshqaruvi maktabi professori, Garvard Iqtisodiy o‘sish laboratoriyasi asoschisi va direktori Rikardo Hausmanning “Iqtisodiy murakkablik va iqtisodiy rivojlanish kelajagi” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Yosh Iqtisodchilar Hamjamiyati (YESU) hamkorligida tashkil etildi.

Ma’ruza davomida iqtisodiy murakkablik nazariyasi, mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi omillar, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqobatbardoshlikni oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda innovatsiyalar, bilim va texnologiyalarning o‘rni, shuningdek, iqtisodiy siyosatni ilmiy tahlillar asosida shakllantirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar professor Rikardo Hausmann bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥1🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon norasmiy sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo‘lida birlashmoqda;

📌Murakkab va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yanada qat’iyat bilan harakat qilishni va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda;

📌Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo‘shilishi o‘zaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda;

📌Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda;

📌Yevroosiyoning qoq yuragida barqaror rivojlanish, o‘zaro bog‘liqlik va yaxshi qo‘shnichilik uchun mustahkam poydevor yaratishimiz zarur;

📌Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozim;

📌Markaziy Osiyo ta’lim, ilm-fan va katta ma’lumotlar sohasida innovatsiyalar bo‘yicha raqobatbardosh xabga aylanishi kerak;

📌Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi;

📌Gumanitar sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan o‘zgarishi xalqlarimiz o‘rtasidagi birlik, hamjihatlik va o‘zaro tushunish tuyg‘usini mustahkamlaydi;

📌Bizning umumiy kuchimiz – birlik, o‘zaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qat’iy sadoqatimizda.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍2😁1
#Mustaqillik_35_yil

95 nafar olimning jami 157,2 mlrd so‘mlik grant loyihalari moliyalashtirildi


Innovatsion rivojlanish agentligida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda umumiy qiymati 157,2 milliard so‘m bo‘lgan 95 ta ilmiy loyiha mualliflariga grant sertifikatlari topshirildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b A. Norov ishtirok etib, ishtirokchilarni mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutladi hamda yurtimizda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning natijalari haqida so‘z yuritdi.

Batafsil

Bizni kuzating


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤9🔥5🎉5😱2