Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.71K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #Live

Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “TalabaExpo–2026” kasbiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda "O‘zmilliybank" AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslar haqida fikr bildirdilar.


Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes seminarlari hamda seminar-treninglar tashkil etildi. Unda ishtirokchilar tadbirkorlik asoslari, karyerani rejalashtirish, shaxsiy brendni shakllantirish va professional tarmoqlarda samarali faoliyat yuritish bo‘yicha tajribali tadbirkorlar hamda soha mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👏4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026

Orzular sari muhim qadamni tashlash vaqti keldi!

Qo‘qon davlat universiteti — bilim, imkoniyat, iste’dod va katta orzular uchrashadigan maskan!

Bu yerda siz zamonaviy bilimlarni egallaysiz, yangi g‘oyalar va innovatsiyalar sari intilasiz, xalqaro tajriba va imkoniyatlarga ega bo‘lasiz, o‘z iste’dodingizni namoyon etasiz, yangi do‘stlar va hamfikrlar orttirasiz, eng muhimi — kelajakdagi kasbingiz sari dadil qadam tashlaysiz!

Murojaat uchun telefon: +998732493838

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤18👏2
#TalabaExpo_2026 #Xorazm #live

Urganchda “TalabaExpo—2026”: Bitiruvchilar va ish beruvchilar yuzma-yuz!


Urganch shahrida bitiruvchi talaba-yoshlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi qizg'in davom etmoqda.

Mazkur ommaviy tadbirda viloyatimizning 100 dan ortiq nufuzli tashkilot va yirik korxonalari o'zlarining 1500 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etib, yoshlarga to'g'ridan-to'g'ri ish taklif qilmoqda.

Jarayon davomida bitiruvchilar nafaqat mavjud vakansiyalar bilan tanishishlari, balki amaliyot va stajirovka dasturlari, o'z startap loyihalarini taqdim etish hamda “Oʻzmilliybank” tomonidan yoshlarga beriladigan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'liq ma'lumot olishlari mumkin.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤17👍3🔥2🥰1👏1
#vazir_maqola

Oydin kelajakni izlab...

“Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasining navbatdagi sonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Oydin kelajakni izlab...” sarlavhali suhbat maqolasi chop etildi.

👉 Maqolani o‘qish

Facebook | Instagram | YouTube| Telegram
❤12👍3
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #soʻragan_edingiz

❓ Maqsadli qabul nima?


📝 Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

📕 2026/2027-o‘quv yili uchun maktab ta’limi [1] va sog‘liqni saqlash [2] sohalariga tumanlar kesimida, san’at [3] sohasiga teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan.

📍 Maqsadli kvota uchun tanlovda faqatgina ushbu hududda doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan) abituriyentlargina qatnasha oladi.

🏆 Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga davlat granti to‘liq o‘qish davri (4 yil yoki 6 yil) uchun beriladi.

✅ Bunda abituriyentga OTMni tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

❓Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi?


📝 Javob: maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli kvota bo‘yicha, ham umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

👨‍💻 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi.

📑 Misol uchun, Zomin tumanidan bo‘lgan abituriyent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kunduzgi ta’lim shakli, o‘zbek tili, “Davolash ishi (Zomin tumani)” ta’lim yo‘nalishini tanlasa:

1️⃣ Dastlab Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Zomin tumani uchun Davolash ishi yo‘nalishiga ajratilgan 3 ta maqsadli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

2️⃣ Agar maqsadli kvotaga bali yetmasa, ushbu ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❕ Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent umumiy tanlovda ishtirok etmaydi.

❓ Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak?


📝 Javob: Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q.

✅ Abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlasa ham, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlasa ham maqsadli qabul uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin.

❓ Abituriyent 5 ta yo‘nalishdan nechtasini maqsadlidan tanlashi mumkin?


📝 Javob: maqsadli kvota ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda hech qanday cheklov yo‘q.

✅ Abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishini ham maqsadli kvota ajratilgan yo‘nalishlardan tanlashi mumkin (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa).

❓ Abituriyent barcha ta’lim yo‘nalishlarini maqsadli bo‘yicha tanlasa, tanlov qanday amalga oshiriladi?


📝 Javob: maqsadli kvota ajratilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlarlar har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dastlab maqsadli, soʻngra umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

❕ Agar abituriyent maqsadli kvota doirasida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etmaydi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍1