Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.7K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mustaqillik35 #TalabagaQulaylik #Ochilish_marosimi

Namangan davlat universitetida “Mustaqillikning 35 yilligi” nomli ikkita yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati jami 1 200 nafar talabaga mo‘ljallangan ikkita yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, viloyat sektor rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi talabalar turar joylarida kutubxona, kompyuter xonasi, oshxona, ma’naviyat xonasi, kir yuvish va dazmollash xonalari tashkil etildi. Binolar Wi-Fi va videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlandi. Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ham qulay sharoitlar yaratildi.

Yangi binolarning foydalanishga topshirilishi natijasida NamDUdagi talabalar turar joylari soni 4 taga, jami o‘rinlar soni qariyb 2 100 taga yetdi. Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasi 60 foizga yetkazildi.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1498

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16❤15👏6🔥4🤔4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turizm #Chust

Namangan viloyati Chust tumaniga sayohat

Chust tumanining boy tarixiy-madaniy merosi, betakror tabiiy landshaftlari, o‘ziga xos etnografik an’analari hamda zamonaviy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishing.

Chust — tarix va milliy qadriyatlar, an’analar va betakror tabiat uyg‘unlashgan maskan.

—

Путешествие в Чустский район Наманганской области

Познакомьтесь поближе с богатым историко-культурным наследием, уникальными природными ландшафтами, самобытными этнографическими особенностями, а также современным туристическим потенциалом Чустского района.

Чуст — место, где гармонично сочетаются история, национальные традиции и уникальная природа.

—

A Journey to Chust District of Namangan Region

Discover the rich historical and cultural heritage, unique natural landscapes, distinctive ethnographic features, and modern tourism potential of Chust District.

Chust is a destination where history, national traditions, and unique nature come together in harmony.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤔18❤8🔥3😱3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Birinchi xonimi Bishkekda ShHT sammiti doirasidagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤔21👍5😱5❤3😁3
#Mustaqillik_35 #Yangi_oʻquv_bino

Urganch davlat pedagogika institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Urganch davlat pedagogika institutining 7 qavatli, 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda 300 o‘rinli Madaniyat saroyi foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida institut jamoasi va talaba-yoshlar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, rektor v.b. Diyorjon Abdullayev, institut rahbariyati, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Yangi o‘quv binosida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, u institutning ta’lim salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://www.urspi.uz/uz/news/1375

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🤔8👍5😁4👏1