#TTJ #DXSh
Termiz davlat pedagogika institutida 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi boshlandi
Termiz davlat pedagogika instituti hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladigan 1000 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishiga ramziy start berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, institut rektori Azizbek Hasanov, muassasa mas’ullari, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Marosim davomida mazkur loyihaning bosh rejasi, asosiy maqsadi, quvvati va talabalar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Batafsil: https://www.terdpi.uz/news/view/3431
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍13❤9👏3🤩1
❔ Korrupsiya qayerdan boshlanadi?
Korrupsiya har doim pora bilan boshlanmaydi. Ko‘pincha u indamaslikdan, “mayli, shunaqa bo‘lsin” degan fikrdan, kichik yon berishlardan paydo bo‘ladi.
Bugun ⚖️ adolatsizlikka ko‘z yumsak, ertaga🚫 halollik qadrsizlanadi.
Bugun🎙 sukut saqlasak, ertaga🚫 ishonch yo‘qoladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazo emas. Bu har bir insonning shaxsiy tanlovi.
– jamiyatni aynan shu qarorlar o‘zgartiradi.
🙋 Korrupsiyaga qarshi kurash o‘zimizdan boshlanadi.👍 Bugun tanlangan to‘g‘ri yo‘l – ertangi adolatli jamiyatning poydevoridir.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1👏1
Saida Mirziyoyeva: O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – yosh avlod
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) rahbari Diene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlikni ta’minlash, inson kapitalini rivojlantirish va yosh avlod uchun keng imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zbekistonning eng asosiy kapitali – uning yosh avlodi”, - dedi Saida Mirziyoyeva.
Ushbu salohiyat kelgusida demografik dividend manbaiga aylanishi uchun, avvalo, insonning, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga bugundan investitsiya kiritish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, demografik jarayonlarni uzoq muddatli va manzilli rejalashtirish maqsadida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda “Demografik dividend – 2050” strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
Mamlakat kelajagi nafaqat aholi soni, balki eng avvalo insonlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar bilan belgilanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8😱1
Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Pekin til va madaniyat universiteti hamda Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. bilan hamkorlikda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi. Marosimda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Zafar Azimov, Beijing Financhial Street Educhation Investment Co. Ltd. Bosh direktori Wang Yuxi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi va universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Joriy o‘quv yilidan universitetda xitoy tili yo‘nalishiga 50 nafar talaba qabul qilinib, ularga 4 nafar xitoylik mutaxassis dars bermoqda. Tadbirda xitoy tili darsi namoyish etilib, markaz faoliyati taqdim qilindi.
#JDPU #XitoyTili #XitoyMadaniyati #XalqaroHamkorlik
Batafsil...

👍9❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG!
Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, yana kimdir muhandis. Kimdir tadbirkor, sportchi, olim yoki san’atkor. Har bir yoshning o‘z maqsadlari bor.
Ammo giyohvandlik insonni istaklaridan uzoqlashtiradi, hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
❗️Eslab qoling, qonunchilikda:
🔹giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq (MJtKning 56 prim 1 - moddasi);
🔹taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 270-moddasi);
🔹 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 273-moddasi);
🔹 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 276 prim 1-moddasi) jazosi belgilangan.

❤10👍1🤔1