#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent #Yoshlar_kuni
“Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarka doirasida yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda zamonaviy kasbiy imkoniyatlar bilan tanishtirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etildi.
Taqdimotlar yakunida “Kelajak tadbirkori — 2026” doirasida loyihalari ma’qullangan ishtirokchilarga vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Taniqli tadbirkorlar ishtirokidagi biznes-treningda yoshlarga biznes boshlash, imkoniyatlardan samarali foydalanish va muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar-treningda esa talabalar ishga joylashgandan keyingi karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills hamda professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Bundan tashqari yoshlarlarning zamonaviy va istiqbolli loyihalari, ularni amalga oshirish imkoniyatlari Yoshlar startap g‘oyalari taqdimotida namoyish etildi.
Taqdimotlar yakunida “Kelajak tadbirkori — 2026” doirasida loyihalari ma’qullangan ishtirokchilarga vaucherlar tantanali ravishda topshirildi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6😱1
#Avtomobilsiz_kun
25-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.
Shaharlarda ekologik toza transportdan foydalanish havoning ifloslanishini kamaytirish, energiya resurslarini tejash va aholining salomatligini mustahkamlashga yordam beradi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yanada qulay va yashil muhit yaratish mumkin.
“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

❤15😁5🎉1
“ICT Week Uzbekistan 2026”: EʼTIROF
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida “Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Mazkur e’tirof vazirlik tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi bo‘ldi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida “Eng innovatsion davlat xizmati ko‘rsatuvchi tashkilot” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Mazkur e’tirof vazirlik tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning e’tirofi bo‘ldi.
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5😁1
#xizmat_safari #Andijon
Andijonda oliy ta’lim tizimining ustuvor vazifalari muhokama qilindi
24-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat universitetida Andijon viloyatidagi davlat oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224029

Dastlab, uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar, xususan, dual ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni jadallashtirish, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224029
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍10🤔2
⚽️ Oʻzbekiston milliy terma jamoasi vakillari Fargʻona davlat universitetida boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, terma jamoa futbolchilari Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov Fargʻona davlat universitetida bo‘lib, universitetning sport infratuzilmasi hamda FarDU futbol klubi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Fabio Kannavaro FarDU futbol klubi prezidenti, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov bilan uchrashdi. Muloqotda universitetda futbolni rivojlantirish, yosh futbolchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning sport mahoratini oshirish hamda klubning kelgusidagi istiqbollari xususida fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224074

👍20❤15👏3😁2
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni: navbatdagi muhim uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda mamlakat oldida turgan yakuniy vazifalar mohokama qilindii.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi jarayon 2023 yildan boshlab yangi sur’at kasb etdi. Shu davrdan muzokaralar jadallashib, 2026 yil iyul holatiga ko‘ra, JSTga qo‘shilish bo‘yicha Ishchi guruhning 13 ta yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bugungi kunga qadar JSTga a’zo 35 davlat bilan bozorlarni ochish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar boshlangan bo‘lib, 33 ta davlat bilan muzokaralar yakunlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikning qariyb 200 ta hujjati JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirildi.
JSTga a’zolik — yangi imkoniyatlar sari yo‘l. Bu jarayon O‘zbekiston iqtisodiyotining xalqaro savdo tizimiga yanada chuqur integratsiyalashuvi uchun muhim qadamdir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍4
UI GreenMetric 2026: Oʻzbekistonning TOP-10 oliy taʼlim tashkiloti
UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingi natijalari eʼlon qilindi.
Joriy yilgi reytingda 110 mamlakatdan 2 016 ta oliy taʼlim tashkiloti ishtirok etdi. Oʻzbekistondan esa 89 ta oliy taʼlim tashkiloti reytingda oʻz natijalarini qayd etdi.
2026-yilgi reytingning asosiy mavzusi “Boshqaruv, raqamlashtirish va integratsiyalashgan natijadorlik orqali barqaror kampuslarni rivojlantirish” etib belgilangan.
UI GreenMetric reytingi oliy taʼlim tashkilotlarining barqaror rivojlanish, ekologik masʼuliyat va barqaror kampus muhitini shakllantirish borasidagi faoliyatini baholaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingi natijalari eʼlon qilindi.
Joriy yilgi reytingda 110 mamlakatdan 2 016 ta oliy taʼlim tashkiloti ishtirok etdi. Oʻzbekistondan esa 89 ta oliy taʼlim tashkiloti reytingda oʻz natijalarini qayd etdi.
UI GreenMetric World University Rankings 2026 — oliy taʼlim muassasalarining barqaror rivojlanish va ekologik masʼuliyat sohasidagi faoliyatini baholaydigan xalqaro reytinglardan biri. Reytingning 2026-yilgi natijalaridan Reytingda universitetlarning nafaqat taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati, balki barqaror kampus infratuzilmasi, energiyadan samarali foydalanish va iqlim oʻzgarishiga qarshi choralar, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik transport, taʼlim va tadqiqotlar, shuningdek, boshqaruv va raqamlashtirish sohalaridagi koʻrsatkichlari kompleks baholanadi.
2026-yilgi reytingning asosiy mavzusi “Boshqaruv, raqamlashtirish va integratsiyalashgan natijadorlik orqali barqaror kampuslarni rivojlantirish” etib belgilangan.
Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari orasida eng yuqori natijalarni quyidagi oliygohlar koʻrsatdi:
1. Toshkent davlat yuridik universiteti — 132-oʻrin;
2. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti — 314-oʻrin;
3. Qarshi davlat universiteti — 327-oʻrin;
4. Andijon davlat texnika instituti — 367-oʻrin;
5. Fargʻona davlat universiteti — 368-oʻrin;
6. Toshkent davlat transport universiteti — 388-oʻrin;
7. Buxoro davlat universiteti — 396-oʻrin;
8. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 405-oʻrin;
9. Samarqand davlat universiteti — 485-oʻrin;
10. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti — 486-oʻrin.
UI GreenMetric reytingi oliy taʼlim tashkilotlarining barqaror rivojlanish, ekologik masʼuliyat va barqaror kampus muhitini shakllantirish borasidagi faoliyatini baholaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👏6👍3🎉1
“O‘zlik” loyihasining til oyligi qizg‘in davom etmoqda! Navbatdagi darsimiz nafaqat til, balki uning evolyutsiyasi, bobolarimizning o‘z so‘zlarini tarix sahifalariga qanday muhrlagani haqida bo‘ladi.
Barchani ushbu noyob va qiziqarli darsga taklif qilamiz! Kirish barcha uchun erkin. Keling, o‘zligingizni biz bilan birga anglang!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍6👏4😁1🎉1