Jizzaxda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Pekin til va madaniyat universiteti hamda Beijing Financial Street Education Investment Co., Ltd. bilan hamkorlikda Xitoy tili va madaniyati markazi ochildi. Marosimda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Zafar Azimov, Beijing Financhial Street Educhation Investment Co. Ltd. Bosh direktori Wang Yuxi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi va universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Joriy o‘quv yilidan universitetda xitoy tili yo‘nalishiga 50 nafar talaba qabul qilinib, ularga 4 nafar xitoylik mutaxassis dars bermoqda. Tadbirda xitoy tili darsi namoyish etilib, markaz faoliyati taqdim qilindi.
#JDPU #XitoyTili #XitoyMadaniyati #XalqaroHamkorlik
Batafsil...
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

👍9❤7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG!
Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, yana kimdir muhandis. Kimdir tadbirkor, sportchi, olim yoki san’atkor. Har bir yoshning o‘z maqsadlari bor.
Ammo giyohvandlik insonni istaklaridan uzoqlashtiradi, hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
❗️Eslab qoling, qonunchilikda:
🔹giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq (MJtKning 56 prim 1 - moddasi);
🔹taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 270-moddasi);
🔹 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 273-moddasi);
🔹 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 276 prim 1-moddasi) jazosi belgilangan.

❤10👍1🤔1
Samarqandda “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti o‘tkazildi
Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi.
Anjuman ta’lim, davlat siyosati, ilmiy tadqiqotlar va shaxmat sohasidagi mutaxassislarni bir joyga jamladi hamda shaxmatning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan FIDE Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va boshqa mutaxassislar shaxmatni ta’lim tizimiga keng integratsiya qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda shaxmat vositasida yosh avlodda XXI asr uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224640
#Xalqaro_anjuman #FIDE

❤13🔥2👍1