Edu.uz
✔
143K subscribers
40.1K photos
7.67K videos
310 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Samarqandda “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti o‘tkazildi

Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ta’lim, davlat siyosati, ilmiy tadqiqotlar va shaxmat sohasidagi mutaxassislarni bir joyga jamladi hamda shaxmatning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan FIDE Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va boshqa mutaxassislar shaxmatni ta’lim tizimiga keng integratsiya qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda shaxmat vositasida yosh avlodda XXI asr uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224640

#Xalqaro_anjuman #FIDE

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🔥2👍1