This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ORZULARINGIZNI OSON TOPILADIGAN PULGA ALMASHTIRMANG!
Kimdir shifokor bo‘lishni istaydi, yana kimdir muhandis. Kimdir tadbirkor, sportchi, olim yoki san’atkor. Har bir yoshning o‘z maqsadlari bor.
Ammo giyohvandlik insonni istaklaridan uzoqlashtiradi, hayoti va kelajagini xavf ostiga qo‘yadi.
❗️Eslab qoling, qonunchilikda:
🔹giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish uchun o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq (MJtKning 56 prim 1 - moddasi);
🔹taqiqlangan ekinlarni yetishtirish uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 270-moddasi);
🔹 giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini o‘tkazish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 273-moddasi);
🔹 g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish (JKning 276 prim 1-moddasi) jazosi belgilangan.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

❤10👍1🤔1
Samarqandda “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti o‘tkazildi
Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE)ning “Ta’limda shaxmat” xalqaro sammiti bo‘lib o‘tdi.
Anjuman ta’lim, davlat siyosati, ilmiy tadqiqotlar va shaxmat sohasidagi mutaxassislarni bir joyga jamladi hamda shaxmatning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rnini muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
Tadbirda so‘zga chiqqan FIDE Prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev va boshqa mutaxassislar shaxmatni ta’lim tizimiga keng integratsiya qilish, ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda shaxmat vositasida yosh avlodda XXI asr uchun zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/224640
#Xalqaro_anjuman #FIDE
👉 На русском
👉 In English

❤13🔥2👍1
Buxoroda ilk marotaba: halol gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari yakunlandi
Buxoro davlat texnika universitetidagi Halol gastronomiya va turizm mukammallik markazida Malayziyaning UTHM universiteti bilan hamkorlikda gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari o‘tkazilib, ishtirokchilarga MS 1500:2019 standarti asosida nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Mashg‘ulotlarni Malayziyaning UTHM universiteti mutaxassislari Dr. Muhammad Suhaimi bin Sulon va Dr. Wan Ainaa Mardhiah binti Wan Zahari olib bordi. Ishtirokchilarga Malayziyaning halol industriyasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
Batafsil...
👉На русском
👉In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Buxoro davlat texnika universitetidagi Halol gastronomiya va turizm mukammallik markazida Malayziyaning UTHM universiteti bilan hamkorlikda gastronomiya va turizm bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslari o‘tkazilib, ishtirokchilarga MS 1500:2019 standarti asosida nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Kurslarda restoran va mehmonxona rahbarlari, ma’murlar, oshpazlar, ofitsiantlar, gastronomik gidlar hamda dietologlar ishtirok etib, zamonaviy yondashuvlar, xalqaro standartlar va halol xizmat ko‘rsatish talablari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

❤9