Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi


“Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum Prezidentimizning 2025-yil 15-sentyabrdagi yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.


Forumda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.

Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.


Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.

forum.edu.uz

📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16❤15🔥1
Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari: test sinovlari natijalari e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 2026-yil 10-oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va xorijiy tillar fanlari bo‘yicha tashkil etildi.

Test natijalarini qayerdan ko‘rish mumkin?

Talabgorlar test sinovlari natijalari bilan my.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Apellyatsiya berish tartibi
Test natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 20-oktyabr kuni soat 10:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali apellyatsiya arizasi yuborishlari mumkin.

Apellyatsiya arizasida aynan qaysi fan va qaysi savol bo‘yicha natijadan norozi ekanlik aniq ko‘rsatilishi lozim.

Barcha talabgorlardan test natijalari bilan tanishish va zarur hollarda belgilangan muddatda apellyatsiya arizasini yuborish so‘raladi.

#StipendiyaTanlovlariNatijalari

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤24😱16👍6🤔6
Urganch davlat universitetida Konfutsiy instituti tashkil etildi

19-oktabr kuni Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti rektori Luo Wenbo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda Lyaoning pedagogika universiteti rektori Luo Wenbo o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda universitetda Konfutsiy institutining tashkil etilishi, ayniqsa, xitoy tilini o‘qitish imkoniyatlari, madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish va xalqaro ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar natijasida Xitoy tilini xalqaro o‘qitish jamg‘armasi, Lyaoning pedagogika universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘rtasida Konfutsiy institutini hamkorlikda tashkil etish bo'yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/6134

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍3🔥3
#DavlatTili

Xorijlik talabalar oʻrtasida oʻzbek tili bilimdonlari aniqlandi


Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan o‘tkazilgan yurtimiz oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasida 46 ta oliy ta’lim tashkilotidan 15 ta xorijiy davlat vakili bo‘lgan 74 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar leksik-grammatik test, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozma va og‘zaki nutq yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.

🏆Olimpiadaning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
🥇1-o‘rin: Ahmed Mabroor (Pokiston) – Samarqand davlat universiteti;
🥈2-o‘rin: Abdurakhmon Khabibullaev (Qirg‘iziston) – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;
🥉3-o‘rin: Marguba Melonova (Rossiya Federatsiyasi) – Qo‘qon davlat universiteti.

🏆“Til targ‘ibotchiligi” nominatsiyasi g‘oliblari:
🥇1-o‘rin: Akhmad Usman (Pokiston) – Buxoro davlat universiteti;
🥈2-o‘rin: Sadat Nesar Ahmad (Afg‘oniston) – Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
🥉3-o‘rin: Shahvej Alam (Hindiston) – Toshkent davlat tibbiyot universiteti.


G‘olib va sovrindorlar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍5🔥4😱1
#Mirziyoyev #qabul #hamkorlik

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi


Davlatimiz rahbari “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda O‘zbekistonning mintaqa davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤11👍3🔥1