Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

Milliy sertifikat imtihonlarida qaysi alifbodan foydalaniladi❓


Yaqinda yangi özbek alifbosini joriy etişga oid qonun imzolandi. Oldinda esa milliy sertifikat imtihonlari turibdi. Endi uşbu sinovlarda qaysi alifbodan foydalaniladi va javoblar qaysi yozuvda yozilişi lozim?

Imtihon qaçon bölib ötadi❓

2026-yil 24–26-oktyabr kunlari barça hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bölib ötadi.

Test materiallari qaysi alifboda tayyorlangan❓

Test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida tayyorlangan.

Javoblar qaysi yozuvda yozilişi kerak❓

Quyidagilar ham amaldagi alifboda yozilişi lozim:
1️⃣ oçiq turdagi test topşiriqlarining javoblari;
2️⃣ yozma iş (esse)lar.

Nega yangi alifbo emas❓

Yangi alifboni joriy etiş töğrisidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan söng kuçga kirişi belgilangan.

Ya’ni:
— hozirgi imtihonlarda amaldagi alifbo;
— yangi alifbo esa 6 oydan söng kuçga kiradi.


Şu sababli Agentlik tomonidan ötkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi.

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
❤15🔥6👏3🎉3
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi


Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.

Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.

Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.

Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #StudyInUzbekistan #Taʼlim

Markaziy Osiyo xalqaro taʼlim forumi oʻtkaziladi


28-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — taʼlim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni” mavzusidagi forum “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilmoqda.


Forumda Özbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning taʼlim vazirlari, xorijiy yetakchi universitetlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va ekspertlar ishtirok etadi. Jami 1 500 dan ortiq ishtirokchi kutilmoqda.

Asosiy maqsad: Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

Dasturda:
➖ rasmiy ochilish marosimi va yalpi majlis;
➖ taʼlim vazirlarining davra suhbati;
➖ parallel sessiyalar;
➖ “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi.


Muhokama mavzulari: akademik almashinuv, qoʻshma taʼlim dasturlari, diplomlarni oʻzaro tan olish, qoʻshma ilmiy loyihalar va grantlar, taʼlim sifati hamda oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro nufuzi.

forum.edu.uz

📅 28-oktabr, 2026-yil
📍 Toshkent, “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi

👉 На русском 
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤11👍3
“Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan”: ÖzDJTU va maktablar hamkorligi kengaymoqda

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” taşabbusi doirasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi oltita umumtaʼlim maktabida Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazlari oçildi.

Poytaxtımıznıng Çilonzor, Şayxontohur, Sergeli va Uçtepa tumanlari, şuningdek, Parkent tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab va 20-maktabda taşkil etilgan markazlarda zamonaviy öquv xonalari foydalanişga topşirildi, maktablarga xalqaro öquv adabiyotlar sovğa qilindi.

Şuningdek, ÖzDJTU va Parkent tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab örtasida hamkorlik memorandumi, 20-maktab bilan esa hamkorlik şartnomasi imzolandi. Hujjatlarda zamonaviy taʼlim metodikalarini joriy etiş, tajriba almaşiş va öquvçilarni xalqaro sertifikatlarga tayyorlaş kabi yönalişlar belgilandi.


Taşabbus yoşlarning xorijiy tillarni puxta egallaşi, amaliy könikmalarini rivojlantirişi va kelajakdagi taʼlim hamda kasbiy imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

Batafsil..

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤9👏2🔥1
#KelajakMarkazlari #JadidlarIzidan

📢 «Jadidlar izidan» tanlovining tuman-şahar bosqiçi start oldi!

🤐 Umumiy örta taʼlim maktablari va nodavlat taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida ötkaziladigan «Jadidlar izidan» Respublika tanlovining yangi mavsumi doirasida barça hududlarda tuman-şahar bosqiçi ötkazilmoqda.

⚡️ Tanlov nizomiga köra, iştirokçilar 3 bosqiçda (tuman-şahar, hududiy, respublika) jadidlar hayoti va ijodini örganişga doir şartlar böyiça öz bilimini sinovdan ötkazadilar. Tanlov 2 ta yoş toifasida 6-8 hamda 9-10-sinf öquvçilari örtasida bölib ötadi.

🟧 Respublika bosqiçi 14 nafar ğoliblari jadidlarimiz tahsil olgan Germaniyaning Gumboldt universitetiga taʼlim sayohatini qölga kiritadi. Şuningdek, oliy taʼlim muassasalariga kirişda kasbiy (ijodiy) imtihonida soha böyiça eng yuqori ball oliş imkoniyatiga ega böladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍5🤔1