Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #InnoWeek_2026

InnoWeek-2026 — “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”


Joriy yilning 27–29-oktabr kunlari poytaxtimizdagi CAEx xalqaro körgazmalar majmuasida InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötadi.

Unda:
1. Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot taşkilotlariga 50 ta traktor bepul topşiriladi. InnoWeek–2026 doirasida Koreyada işlab çiqarilgan, siqilgan tabiiy gazda işlaydigan ekologik toza zamonaviy traktorlar taqdim etiladi.

2. Salkam 380 nafar hamyurtimiz taqdirlanadi. Haftalik doirasida olimlar, ixtiroçilar, tadqiqotçilar, startapçilar va innovatsion loyiha mualliflarining yutuqlari e’tirof etiladi. Jumladan, 32 nafar hamyurtimizga “Innovatsion ğoyalar yetakçisi” kökrak nişoni topşiriladi.

3. 30 ta davlatdan 200 nafar xorijiy mehmon iştirok etadi. Uç kun davomida 21 ta tadbir, jumladan, xalqaro va mahalliy forumlar, konferensiyalar, taqdimotlar va ilmiy muloqotlar ötkaziladi. Taşrif buyuruvçilar soni 15 ming nafardan oşişi kutilmoqda.

4. Körgazmada 750 ta innovatsion mahsulot namoyiş etiladi. 265 ta mahalliy va xorijiy iştirokçi öz işlanmalarini taqdim etadi. Körgazmada mahalliy ilmiy taşkilotlar, startaplar, spin-off kompaniyalar hamda xorijiy hamkorlarning zamonaviy texnologiyalari örin oladi.

5. Xalqaro biznes hamkorlik va yangi loyihalar uçun maydon yaratiladi. B2B uçraşuvlar orqali mahalliy korxonalar xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, qöşma loyihalarni muhokama qiliş va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş imkoniyatiga ega böladi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3😱3🔥1
Ayni paytda Prezidentimiz “Özbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda

Davlatimiz rahbari bu dargohda milliy kino tariximiz, bir neça avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga köçgan orzulari, intilişlari va armonlari mujassam ekanini ta’kidladi.

“Mahallada duv–duv gap”, “Ötgan kunlar”, “Şum bola”, “Çinor ostidagi duel”, “Suyunçi” kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir oğiz söz yoki taniş kuy bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni köz oldimizda gavdalantiradi.

Prezidentimiz öz davrida siyosiy va mafkuraviy bosimlar qançalik oğir bölmasin, ijodkorlarimiz ana şunday milliy san’at asarlarini yarata olganini tahsinga sazovor deb baholadi.

“Özbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi. “Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “Ötov” singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.

Mamlakatimiz yetakçisi ön yil oldin “Özbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bölganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan studiyani tiklaş va ijodkorlar uçun munosib şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.

Bu qadrli maskan töliq rekonstruksiya qilindi. Sönggi ön yilda sohani qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilindi.

2016-yilda filmlar oliş uçun davlat budjetidan 10 milliard söm ajratilgan bölsa, joriy yilning özida 218 milliard söm berildi.
Davlatimiz rahbari natijada milliy filmlarimizning salmoği va sifati oşganini, sohaga önlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini ta’kidladi.

Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga töxtaldi. Ular orasida “Islomxöja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qöqon şamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “Özbek qizi”, “Bahodir Yalangtöş” bor.

Milliy kadrlarimizning yangi avlodi yetişib çiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.

“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlaş marosimi ilk bor Toşkentda ötkazildi. Uçraşuvda iştirok etayotgan aktrisa Gulçehra Jamilova “Meridian” mukofotiga sazovor böldi.

Şu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqiçga olib çiqiş borasida oldinda hali köp işlar turganini oçiq aytiş zarurligini ta’kidladi.


Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🔥1
Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidçilikni rivojlantiriş maqsadida “Kinoşunoslar klubi” taşkil etilişini ma’lum qildi.

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi klub faoliyatini qöllab-quvvatlaydi. Uning Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi – FIPRESCIga a’zo bölişiga kömaklaşadi. Bu milliy filmlarning nufuzli xalqaro festivallardagi iştirokini kengaytirişga xizmat qiladi.

Soha vakillarining kasbiy hamjamiyatini jipslaştiriş uçun Özbekiston Kino arboblari va Özbekiston kino sanoati vakillari uyuşmalari birlaştirilib, Özbekiston kino sohasi vakillari palatasi taşkil etiladi.

Palata sohada özini özi boşqarişni rivojlantiriş, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş, yoşlarning professional ösişiga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.

Yoş kinoijodkorlarning xorijda malaka oşirişi va palata faoliyati moliyaviy-taşkiliy jihatdan qöllab-quvvatlanişi belgilandi. Yangi palata faoliyatini taşkil etiş işlarini bir oyda yakunlaş topşirildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤3🔥1
Prezidentimiz milliy kino sanoatini yangi texnologik rivojlaniş bosqiçiga olib çiqiş zarurligini ta’kidladi. Kino yaratişda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş böyiça hamkorlik dasturi bir oyda işlab çiqiladi.

Unda yangi ta’lim dasturlarini tayyorlaş, mutaxassislarni öqitiş va xorijda malakasini oşiriş masalalari közda tutiladi.

Şundan söng davlatimiz rahbari “Özbekfilm” nomini milliy kinomizning yagona brendi sifatida mustahkamlaş taşabbusini ilgari surdi. Xalqimiz Çilonzorning bu hududini azaldan “Özbekfilm” deb ataşi qayd etildi.

Hozirgi Çilonzor köçasining mazkur qismiga “Özbekfilm” nomini beriş taklif qilindi. Kino san’ati muzeyini “Özbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “Özbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “Özbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlaştiriş taklif etildi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
#Olimlar_minbari
19-25.10.2026

“Til – millat yuragi” — Ilhom XOLMURODOV, Kasbiy ta’lim agentligi direktorining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi;

“Bitiruvchi portreti” — Nodir YUSUPOV, Kasbiy ta’lim moddiy-texnik ta’minoti markazi bölim boşliği;

“Jahon standartlariga mos ta’lim – izçil sa’y-xarakatlar natijasi” — Abduğaffor QIRĞIZBOYEV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Taraqqiyotning yangi harakatlantiruvçi kuçi” — Şerzod NE’MATOV, Qarşi davlat texnika universiteti rektori;

“Boğçadan korxonagaça: Ta’limdagi yagona zanjir yorqin kelajakni kafolatlaydi” — Abduğaffor JÖRAYEV, professor;

“Ta’lim islohotlari va xalqaro e’tirof” — Abduğaffor QIRĞIZBOYEV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Ğoya qaçon qiymatga aylanadi” — Şavkat TÖRAYEV, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori, professor;

“Til va kelajak” — Nozliya NORMURODOVA, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor;

«Знания - реальная сила государства XXI века» — Ортик РУЗИБАЕВ, Нурбек НАСРУЛЛАЕВ, деканы факультетов ТУИТ;

«Национальная программа во имя здоровья и долголетия народа» — Хайрулла МУСТАФАЕВ, доктор медицинских наук, профессор;

“Millat şarafi himoyaçisi” – Nurboy JABBOROV, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;

“Uddaburo” luğatçilar” — Nusratullo JUMAXÖJA, Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;

“Qonun ustuvorligi – barqaror rivojlaniş omili” — Bobir TURSUNOV, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;

«Образование и рынок труда: где теряется связь? Почему диплом не гарантирует занятость, а рынок труда не вмещает выпускников?» — Рухсора ХОЛИКОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş davlat suverenitetining huquqiy va siyosiy ifodasidir” — Mahfuza YÖLDOŞEVA, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti;

«Защита прав ребенка – ответственность общества» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, и. о. доцента Ташкентского государственного экономического университета PhD;

«Сохраняя наследие, открываем будущее» — Малика КАМАЛОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного экономического университета, доцент.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍3👏3
Akademik Amanulla Qodirovning 85 yillik yubileyiga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi

Toşkent davlat texnika universitetida texnika fanlari doktori, professor, akademik Amanulla Azizoviç Qodirovning 85 yillik yubileyiga bağişlangan “Innovatsiya–2026” XXX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi taşkil etildi.

Tadbirda Taʼlim va ilm-fan vazirining örinbosari Sanjar Mirzaliyev, universitet rektori, akademik Sadriddin Turobjonov, vazirlik va idoralar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, professor-öqituvçilar hamda talabalar qatnaşdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/238560

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2026
#Live

“InnoWeek–2026” oçiliş marosimi yaqin daqiqalarda boşlanadi!

Bugun “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi öz işini boşlaydi.

CAEx majmuasida ötkaziladigan oçiliş marosimida faxriy mehmonlar, mahalliy va xorijiy hamkorlar, olimlar, innovatorlar, investorlar hamda soha vakillari iştirok etadi.

“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥7❤4👍2👏1
#InnoWeek_2026 #Live

✅InnoWeek-2026 innovatsion ğoyalar xalqaro haftaligining rasmiy oçiliş marosimini Innovatsion rivojlaniş agentligining YouTube’dagi rasmiy sahifasi orqali töğridan töğri kuzatişingiz mumkin.

👉 https://www.youtube.com/live/2cNHDlRbtFQ?si=XSSIvXaaHvX4fGXq

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1🔥1
#Xalqaro_hamkorlik #Taʼlim_forumi

10 dan ortiq davlat, 40 dan ortiq universitet va xorijiy hamkorlar: Toşkentda ta’lim forumi boshlandi

✅ Bugun Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ilk bor Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi boshlandi.

Mazkur tadbirdan közlangan maqsad — xalqaro oliy ta’lim tashkilotlari va Özbekiston maktablari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yoşlarning xorijda ta’lim oliş imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oşiriş hamda maktab maslahatçilarining kasbiy salohiyatini mustahkamlaşdan iborat.


📊 Tadbirda 10 dan ortiq davlatlardan 40 dan ortiq universitet vakillari iştirok etmoqda. Şuningdek, ikki kunlik dastur 1 150 nafardan ortiq yuqori sinf öquvçislari, 300 nafardan ortiq maktab maslahatçilari hamda 200 nafarga yaqin maktab direktorlarini qamrab oladi.

➖ Körgazmada Avstraliya, Buyuk Britaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Gonkong, Grenada, Germaniya, Ispaniya, Kanada, Qozoğiston, AQŞ, Fransiya, Xitoy va Şveysariyadan kelgan ta’lim muassasalari vakillari qatnaşmoqda.

🌐 Tadbir Özbekiston Maktab maslahatçilari tarmoği (College Counselor Network Uzbekistan — CCNU) hamda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamkorligida taşkil etilgan bölib, 2 kun davom etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/238663

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2👍1🤔1