Edu.uz
✔
144K subscribers
39.8K photos
7.61K videos
310 files
18.3K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Taʼlim_forumi

10 dan ortiq davlat, 40 dan ortiq universitet va xorijiy hamkorlar: Toşkentda ta’lim forumi boshlandi

✅ Bugun Toşkent şahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabda ilk bor Silk Road University Fair — xalqaro ta’lim forumi va körgazmasi boshlandi.

Mazkur tadbirdan közlangan maqsad — xalqaro oliy ta’lim tashkilotlari va Özbekiston maktablari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, yoşlarning xorijda ta’lim oliş imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oşiriş hamda maktab maslahatçilarining kasbiy salohiyatini mustahkamlaşdan iborat.


📊 Tadbirda 10 dan ortiq davlatlardan 40 dan ortiq universitet vakillari iştirok etmoqda. Şuningdek, ikki kunlik dastur 1 150 nafardan ortiq yuqori sinf öquvçislari, 300 nafardan ortiq maktab maslahatçilari hamda 200 nafarga yaqin maktab direktorlarini qamrab oladi.

➖ Körgazmada Avstraliya, Buyuk Britaniya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Gonkong, Grenada, Germaniya, Ispaniya, Kanada, Qozoğiston, AQŞ, Fransiya, Xitoy va Şveysariyadan kelgan ta’lim muassasalari vakillari qatnaşmoqda.

🌐 Tadbir Özbekiston Maktab maslahatçilari tarmoği (College Counselor Network Uzbekistan — CCNU) hamda Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamkorligida taşkil etilgan bölib, 2 kun davom etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/238663

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥2👍1🤔1
Ayni daqiqalarda Prezidentimiz sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazmoqda

– Oilasining baxtini ko‘rish, halol mehnat qilib, orzulariga yetish, umrini mazmunli o‘tkazish uchun odamga, avvalo, sog‘liq kerak. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz,

– dedi Prezidentimiz.

So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda 10 million aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi poliklinika va shifoxonalar ishga tushdi, 58 ming shifo o‘rni yaratildi. Zamonaviy shifoxonalar ko‘payib, xususiy sektorga keng imkoniyat berilgani tufayli tibbiy xizmatlar hajmi uch karra oshdi.

Ilgari chet elda amalga oshirilgan tug‘ma yurak nuqsonlari, a’zolar transplantatsiyasi, robot jarrohligi va bosh miyadagi murakkab jarrohlik amaliyotlari kabi yuzdan ziyod xizmatlar bugun mamlakatimizda bajarilmoqda.

Prezidentimiz bu natijalarda tibbiyot xodimlarining bilim va mahorati hal qiluvchi o‘rin tutayotganini qayd etdi.

– Qancha zamonaviy klinikalar qurmaylik, eng so‘nggi uskunalarni olib bermaylik, malakali xodimlarsiz natija bo‘lmaydi,

– dedi Prezidentimiz.

Bugun 11 ta davlat oliygohida yiliga 15 ming shifokor tayyorlanmoqda. Biroq bitiruvchilarning hammasi ham ishga kirgan birinchi kundan bemor bilan ishlashga tayyor emas.

– Boshqa sohada yosh xodim xato qilishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi shifokorning bunga haqqi yo‘q. Chunki tibbiyot xodimining har bir harakati ortida inson hayoti turibdi,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, kadrlar tayyorlash klinik amaliyot bilan bog‘lanadi. Kelasi yildan talabalar haftada uch kun bemor bilan ishlashni o‘rganadi, bitiruvchilar esa oxirgi o‘quv yilida to‘liq tibbiyot muassasasida amaliyot o‘taydi.

Bakalavriatni bitirgan hamshira va tibbiyot og‘asiga 1,5 million so‘m, magistraturani tugatganlarga 2,5 million so‘m qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassisiga ustama 5,5 million so‘m bo‘ladi.

Prezidentimiz 2027-yildan oliygohlarda tor soha mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish – rezidentura bepul bo‘lishini ma’lum qildi. Talabalarga 3 million so‘m stipendiya to‘lanadi.

Yo‘nalishga qarab rezidentura ikki yildan besh yilgacha davom etadi. Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish ikki yil, jarrohlik bo‘yicha esa besh yil bo‘ladi.

Oliygohlarga klinikalar bog‘lanib, “universitet klinikasi” tizimi joriy etilgan. Endi tibbiyotdagi ilmiy tadqiqotlarning 80 foizi oliygohlar klinikasida bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Tadqiqotlarda tashxis aniqligini oshirish, davolash samarasini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishga e’tibor qaratiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi” faxriy unvoni bilan tört nafar yetuk tibbiyot mutaxassisini taqdirladi

Ular orasida Respublika ixtisoslaştirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Botir Daminov ham bor. U mamlakatimizda nefrologiya va transplantologiya yönalişlarini rivojlantiriş, malakali mutaxassislar tayyorlaş borasida öz ilmiy-amaliy maktabini yaratgan soha fidoyilaridan biridir.

Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Mirjalol Jörayev ham uşbu faxriy unvonga sazovor böldi. U saraton kasalliklarini davolaş böyiça yigirmadan ortiq noyob standartlarni işlab çiqqan, onkologiya sohasidagi ilmiy izlanişlari bilan tanilgan salohiyatli olimdir.

Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslaştirilgan markazi direktori Şavkat Karimov ham davlat mukofoti bilan taqdirlandi. U milliy tibbiyotimiz, xususan, jarrohlik ilm-fani va amaliyotining rivojiga salmoqli hissa qöşgan taniqli olimlardan biridir.

Respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Azamat Yusupov ham yuksak e’tirofga sazovor böldi. Ellik mingdan ortiq jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli bajargan tajribali mikroxirurgning faoliyati minglab insonlarning köriş salomatligini tiklaş va saqlaş bilan çambarças boğliq.

“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni esa Toşkent davlat tibbiyot universitetining birinçi dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Adhamjon Vaisovga berildi. Sohaga oid önga yaqin ixtirolar muallifi bölgan olimning ilmiy-pedagogik faoliyati yoş şifokorlar va tadqiqotçilarni tayyorlaşda alohida ahamiyat kasb etadi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👏5👍2
Prezidentimiz kelasi yil har bir hududga kamida 150 million dollar investitsiya va grant jalb qilish vazifasini qo‘ydi. Bu borada hududlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Dunyo tibbiyotida genomika, hujayra va biotexnologiyalar orqali ilgari davolash imkonsiz bo‘lgan ko‘plab kasalliklarga yechim topilayotganini qayd etildi. Biroq ilmiy taraqqiyot inson oldidagi mas’uliyatni ham oshiradi.

– Inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq tadqiqotlarda uning huquqi, roziligi va qadr-qimmati birinchi o‘rinda turishi shart,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, bioetika va biotexnologiya sohalari uchun mustahkam huquqiy asos yaratiladi.

Garvard tibbiyot maktabi bilan hamkorlikda irsiy kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar o‘qitiladi va genetik tekshiruv joriy etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏6❤4👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mehnat şuhrati” ordeni bilan Farğona şahridagi Central Asian Medical xususiy tibbiyot universiteti hamda Nukus şahridagi Qoraqalpoğiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi ta’sisçisi, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori Nurillo Mamasodiqov taqdirlandi.

I darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan esa tört nafar taniqli olim va şifokor mukofotlandi.
Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Bahromxon Alyavi kardiologiya yönalişidagi yetuk mutaxassislardan biri. Uning köp yillik ilmiy-amaliy faoliyati yurak-qon tomir kasalliklarini davolaş va tibbiy reabilitatsiya tizimini rivojlantiriş bilan boğliq.

Respublika ixtisoslaştirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor, Özbekiston psixiatrlar uyuşmasi raisi Zarifjon Aşurov ham uşbu yuksak mukofotga sazovor böldi.

Taqdirlanganlar orasida xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoşimiz ham bor. AQŞning Sent-Luis universiteti şifoxonasi ortopediya bölimi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Joldas Kuljanov murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarib kelayotgan, ortopediya sohasida önga yaqin noyob ixtirolar yaratgan taniqli mutaxassisdir.

Respublika ixtisoslaştirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Uluğbek Sobirov ham I darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan taqdirlandi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2😁1
#InnoWeek_2026

“InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligiga start berildi

Poytaxtimizda Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida taşkil etilgan “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi rasman oçildi.

Uç kun davomida ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar, istiqbolli işlanmalar va yangi biznes ğoyalar namoyiş etilib, mahalliy hamda xorijiy hamkorlar örtasida tajriba almaşiş va yangi loyihalarni yölga qöyiş uçun imkoniyatlar yaratiladi.

Haftalikning oçiliş marosimida vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot taskilotlari rahbarlari, xalqaro hamda mahalliy ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizimi vakillari, yoş innovatorlar, ixtiroçilar, tadbirkorlar hamda investorlar iştirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/238737

👉 На русском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤2