Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik #xushxabar

TDTU Olmaliq filialida yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarning 100 foizi qamrab olinadigan bo‘ldi


29-avgust kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida davlat-xususiy sheriklik asosida qurib foydalanishga topshirilgan talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

5 qavatli 500 o‘ringa mo‘ljallangan binoda 142 ta xona mavjud bo‘lib, har bir xonaga 3 nafar talaba joylashishi mo‘ljallangan. Dars qilish, kiyim-kechak va yotoq mebellari, shuningdek ko‘rpa-to‘shak hamda choyshablar bilan to‘liq ta’minlangan. Binoda suv ta’minoti, issiqlik, yoritish, kanalizatsiya tizimlarining sifatli ishlashi yo‘lga qo‘yilgan.

Talabalar turar joyi binosining pastki qismida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mo‘ljallangan sport to‘garaklari, karaoke xonalari va boshqalarni tashkil etish ishlari amalga oshirilish jarayonida.

Tantanali tadbirda qayd etilganidek, o‘tgan o‘quv yilida 300 nafar talaba yotoqxonada yashagan bo‘lsa, 480 nafari ijara xonadonlarida istiqomat qilishgan. Bu yil foydalanishga topshirilgan mazkur yangi talabalar turar joyi filial talabalarining yashash joyiga bo‘lgan ehtiyojini yuz foiz qoplamoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍36🔥2❤1🤩1
#dayjest #infografika #talabaga_qulaylik

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joylar va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar raqamlarda


▫️Toshkent davlat agrar universitetida umumiy quvvati 2 570 o‘rin bo‘lgan 5 ta talabalar turar joyi mavjud. Shuningdek, shu kunga qadar 1 143 o‘ringa ega 71 ta ijara xonadonlari va xostellar haqidagi ma’lumotlar shakllantirilgan;

▪️Andijon davlat universitetida hozirgacha 1 262 nafar talabaga yotoqxonaga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan;

▫️Qoraqalpoq davlat universiteti talabalar turar joyida 2024/2025-o‘quv yili uchun jami 2 510 ta o‘rin tashkil etilgan;

▪️Jizzax politexnika instituti hududidagi 1-sonli talabalar turar joyi quvvati 560 o‘ringa, 2-sonli talabalar turar joyi quvvati 300 o‘ringa, 3-sonli talabalar turar joyi quvvati 400 o‘ringa ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤2
#dayjest #avgust_kengashi

Professional taʼlim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha Avgust kengashi tadbirlari o‘tkazilmoqda.


🔹Jizzax viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔸Namangan viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔹Buxoro viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔸Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔹Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔸Surxondaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔹Navoiy viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔸Andijon viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi;

🔹Sirdaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤4😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayramga_tuhfa #talabaga_qulaylik #DXSH

🇺🇿Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari arafasida TerDUda yangidan qurilgan binolar foydalanishga topshirildi

Termiz davlat universitetida bir yo‘la uch obyekt – 700 o‘rinli talabalar turar joyi, 750 o‘rinli Ilmiy-tadqiqot markazi va sport majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://tersu.uz/news/view/2175

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥6🎉4👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik #foydali

Zamonaviy “maklerlar” xizmatingizda!


Toshkent kimyo-texnologiya institutining ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalari uchun institut volontyorlari tomonidan suratga olingan kreativ ijtimoiy rolik.

Qo‘shimcha ma’lumot bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍42😁6🔥4👏3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha ishlar zamirida inson qadrini ulug‘lash, odamlarning xavfsiz va farovon hayotini ta’minlash maqsadi mujassam
—
В основе всех действий лежит цель возвышения человеческого достоинства, обеспечения безопасной и благополучной жизни

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3🔥3😁3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti “Oʻzbekistonni kashf etish: Ipak yoʻli va madaniy taraqqiyot dasturi” oromgohini muvaffaqiyatli o‘tkazdi!

Ikki hafta davomida universitet tomonidan tashkil etilgan oromgohda o‘zbek tilini o‘zlashtirish va yurtimizning yorqin madaniy merosi bilan tanishtirishga qaratilgan intensiv o‘quv dasturi o‘tkazildi.

DAAD yozgi maktabi dasturi doirasida Germaniya va Buyuk Britaniyadan 9 nafar magistr va doktorantlar oromgohda ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘zbek tilini chuqur o‘rganib, amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi va mamlakat madaniy merosi bilan yaqindan tanishishdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤11😁2🤩2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini topshirish marosimi yakunlangandan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdirlanganlar bilan esdalik uchun suratga tushdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍51❤4😱3🎉3😁2