Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xushxabar #talabaga_qulaylik #bayramga_tuhfa

Nukus davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi

29-avgust kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining ikki ming oʻrinlik yangi oʻquv binosining tantanali ochilishiga bagʻishlangan “Sen tabarruk dargohisan bilimning!” mavzusidagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Vazirlar Kengashi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublikadagi oliy taʼlim muassasalari, idora-tashkilotlar masʼullari, maʼrifatparvar ziyolilar, institut professor-oʻqituvchilari hamda mehnat jamoasi, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari yangi oʻquv binosida talabalarning tahsil olishi, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishi, egallagan koʻnikmalarini mustahkamlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

👉Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33🔥7❤3🎉2🥰1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 33-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍32❤9👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #talabaga_qulaylik #bayramga_tuhfa

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi


Mazkur o‘quv binosi 5 qavatli 1 000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 38,6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Yangi o‘quv binoda universitetning 6 ta yo‘nalish talabalari tahsil oladi. Ular uchun o‘quv binoda 8 ta ma’ruza, 10 ta seminar-amaliy, 28 ta laboratoriya mashg‘ulot va 1 ta robototexnika xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, “Ilg‘or muhandislik maktabi”, Geologiya muzeyi, Ilmiy Kengashlar zali, intellektual o‘yinlar va munozara debat klubi ham ushbu binoda joylashadi.

📹 HD formatda ko‘rish

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍44👏4❤3🎉1
⚡️ Chet tili imtihonlarini o‘tkazish sanalariga o‘zgartirish kiritildi

📆 Ma'lumki, joriy yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura va doktorantura)ga hujjatlarni qabul qilish 15-oktabrda yakunlanishi va talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda imtihon sanalariga o‘zgartirish kiritilmoqda.

📍 Shunga ko‘ra ingliz va arab tillaridan milliy sertifikat imtihonlari 21–22-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

🖥 Imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Bunda 9-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning, 10-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥2😱2
#dayjest #infografika #talabaga_qulaylik

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joylar va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar raqamlarda


➡️Toshkent davlat texnika universiteti yotoqxonalarida mavjud o‘rinlar kurslar kesimida taqsimlangan. Bunda umumiy joylarning 55%i 1-kurs, 25%i 2-kurs hamda qolgan 20%i yuqori kurs talabalari uchun ajratilgan;

➡️Toshkent kimyo-texnologiya institutida 29-avgust holatiga ko‘ra TTJlarga joylashish bo‘yicha billing.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirgan 515 nafar talabaga shartnomalar shakllantirildi. Bundan tashqari 1 100 dan ortiq talabgor uchun 265 ta ijara xonadonlari aniqlangan;

➡️Andijon davlat pedagogika institutida umumiy sig‘imi 1 980 nafar talabaga mo‘ljallangan 4 ta talabalar turar joyi mavjud;

➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filialida tashkil etilgan Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi mas’ullari tomonidan hozirgacha 425 nafar talabaga ijara xonadonlari topish va band qilish bo‘yicha yordam ko‘rsatildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤4🔥1
⚡️ Professional ta'lim muassasalarining yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2024 #Natija

✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun professional (kollej yoki texnikum) ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Abituriyentlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz saytida shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥3❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar #talabaga_qulaylik #sport_kompleksi

UrDUda yangi sport kompleksi foydalanishga topshirildi


29-avgust kuni Urganch davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi arafasida, qolaversa, 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi oldindan yangi barpo etilgan sport kompleksining foydalanishga topshirilishi oliygoh jamoasi uchun bayramona tuhfa boʻldi.

5 ta sport turiga moʻljallangan, 6 ta maydondan iborat ushbu sport kompleksi 1 ta basketbol, 1 ta voleybol, 2 ta badminton, 1 ta gimnastika hamda 1 ta gandbol maydonlarini oʻz ichiga oladi.


Talabalarni sportga keng jalb qilish, ularga yanada qulay sharoitlar yaratish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida barpo etilgan ushbu sport majmuasi universitet talabalarini kelgusida jahon olimpiadalarida ulkan zafarlarga erishishlari uchun zamin yaratsa ajab emas!

Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/4446

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍34❤3🔥3👏2🎉2
#o‘rganish #ta’lim_fan_kengashi

Ta’lim-fan kengashi a’zolari O‘ZMUning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rgandi

30-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ta’lim-fan jamoatchilik kengashi a’zolari O‘zbekiston milliy universitetida bo‘lib, 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganishdi.

Kengash a’zolari universitetning o‘quv auditoriyalari, ulardagi o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, kutubxona va undagi adabiyotlar fondi, talabalar turar joylari, laboratoriyalar, sport kompleksi, maydonchalar, ovqatlanish shahobchalari va boshqa obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga muvofiq kengash tomonidan takliflar tayyorlanib, vazirlikka taqdim etiladi va ular asosida chora-tadbirlar belgilanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤6😁2