Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabaga_qulaylik

SamDCHTI talabalari yangi o‘quv yilini yangi o‘quv binoda boshladilar


Bugun, 9-sentyabr kuni 2024/2025-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan institutda 2000 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli yangi o‘quv binosi foydalinishga topshirildi. “Sifat plus qurilish” MCHJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan mazkur bino institut talabalari va professor-o’qituvchilari uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/20921

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥5❤3👏1🤔1
#jarayon

Talaba e’tiborda


9-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosarlari Sarvarxon Buzrukxonov va Otabek Mahkamov boshchiligida O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati hamda vazirlik mas’ullari Talabalar shaharchasidagi “Aqlli yo‘lak”da bo‘lib, talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasidagi tayyorgarlik ishlarini kuzatishdi.

Ma’lumot o‘rnida, bu yerda talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha 4 ta ma’lumotlar markazi doimiy faoliyat olib bormoqda. Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish uchun 300 nafar ko‘ngilli yoshlar hamda 100 nafar tyutor jalb qilingan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43❤2🔥2🤔1
🔔 TOEFL IBT hamda GRE imtihonlari endi Agentlikda

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Shu kungacha ikki tashkilot kelishuvi asosida Agentlikda TOEFL ITP hamda TOEIC testlari o‘tkazib kelinmoqda.

🗓 Joriy yilning sentabr oyidan boshlab Agentlikda “Educational Testing Service - ETS” tashkiloti tomonidan TOEFL IBT hamda “Graduate Record Examinations - GRE” imtihonlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

💻 Imtihon topshirish istagini bildirgan talabgorlar www.ets.org sayti orqali test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and educational practical center under The Agency for assessment of knowledge and competences)ni tanlashlari hamda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish shartlari, imtihon to‘lovlari, shaxsiy kabinet ochish va imtihonga tayyorlov materiallari va yo‘riqnomalar bilan www.ets.org sayti orqali tanishish mumkin.

📱 @bba_ilmiy_markaz

📞 (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25❤6🔥1🤔1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Taʼlimni tajovuzlardan himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan Qatarda uyushtirilgan davra suhbatida ishtirok etish men uchun ulkan sharafdir. Taklif uchun Shayxa Muza bint Nosir al-Misnad hazrati oliyalariga minnatdorlik bildiraman.

Oʻzbekiston taʼlim sifatiga, ayniqsa, qizlar va ayollarning bilim egallashiga katta eʼtibor qaratmoqda. Bu borada yurtimiz sarhadlari bilan cheklanib qolayotganimiz yoʻq.

2018-yili Prezidentimiz tashabbusi bilan Termiz shahrida kasb-hunar taʼlimi markazi ochildi, hozirga qadar bu yerda 700 nafarga yaqin Afgʻoniston fuqarosi tahsil oldi, ulardan 200 nafari – xotin-qizlar.

Afgʻonistonlik ayollar uchun bu juda muhim – mamlakatda ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida malakali tibbiy kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladi.

Biz gumanitar inqirozning oldini olish yoʻlida afgʻonistonlik qizlar va ayollarni zaruriy kasblarga oʻqitish ishlarini davom ettirishga tayyormiz. Qatar hukumati va “Education Above All” jamgʻarmasi boʻlsa, bu borada bizga yordam berishga shay.

Mavjud vaziyatni inobatga olsak, bu vazifani uddalash barcha tomonlar uchun oson boʻlmaydi. Lekin biz bu yoʻlda bor kuch-quvvatimizni ishga solishga tayyormiz.

Xotin-qizlar uchun eng yaxshi himoya —taʼlim olish imkoniyatidan emin-erkin foydalanishdir.

-

Для меня было большой честью принять участие в круглом столе в Катаре, посвящённом Международному дню защиты образования от нападений. Благодарю Её Высочество шейху Мозу бинт Насер за приглашение.

Узбекистан заинтересован в качественном образовании, особенно для девушек и женщин, в том числе и за пределами своих границ.

В 2018 году по инициативе Президента в г. Термезе был открыт профессиональный образовательный центр, где обучение прошли уже около 700 граждан Афганистана, из которых 200 — это девушки и женщины.

Для женщин Афганистана это очень важно — в стране есть острая нехватка квалифицированного медицинского персонала в сфере защиты материнства и детства.

Мы готовы продолжать обучать афганских девушек и женщин необходимым профессиям для предотвращения гуманитарного кризиса, а катарское правительство и Фонд Education Above All готовы нам в этом помочь.

Это непростая задача для всех сторон, учитывая нынешнюю ситуацию. Но мы готовы приложить все силы в этом направлении.

Нет лучшей защиты для женщины, чем свободный доступ к образованию.
👍117❤9😁4🔥2🥰2