Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi

⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.


Marafonda yoshlarning muhandislik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion, texnologik va startap loyihalarini saralab olish hamda qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

⌛ Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

➖ 30 yoshdan oshmagan va qoraqalpog‘istonlik iqtidorli yoshlar;

➖ Muhandislik sohasida ilmiy-innovatsion loyiha prototipi yoki mahsuloti bo‘lishi;

➖ Bir ishtirokchi bitta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.

⌛ Loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

➖ marafonda ishtirok etayotgan loyihaning ilmiy-innovatsion yangiligi;

➖ loyiha prototipining amaliyotga joriy etishga tayyorlik darajasi;

➖ loyihaning mavjud analoglardan farqi;

➖ loyihani joriy etishdan kutilayotgan natijaning muhimlilik darajasi.

🔖 MARAFON NIZOMI👈

Marafonda g‘olib deb topilgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish

Arizalar 29-sentyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998912259000

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33❤2🔥2😁1
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥6🥰5❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺📺📺📺📺

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor

📹 “Talaba bilan bir kun” loyihasi Andijon davlat chet tillari instituti misolida

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤3🔥1
#Prezident #yig‘ilish #chora_tadbirlar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinishi belgilandi


Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda qurilish hajmi yiliga o‘rtacha 7-8 foiz o‘sgani bilan haligacha eski norma, standart va yondashuvlar saqlanib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Sohaga yuqori texnologiya, ilm va innovatsiyani joriy qilish ishlari bugungi kun talabiga mos kelmasligi qayd etildi.

Yil yakunigacha 16 qavatdan yuqori binolar qurish bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshida alohida Konstruktorlik byurosi tashkil qilinishi belgilandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥2🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robototexnika_olami

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida tashkil etilgan zamonaviy robototexnika olamiga marhamat
.

📹 HD formatda ko'rish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍33😱2❤1🔥1
#mutolaa

Buxoro, Buxoro, Buxoro.. (hikoya)


Javlon Jovliyevning ushbu hikoyasi Buxorodan Qobilga ko‘chib ketgan oilaning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi.

📖Hikoyani oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏20👍14❤5🔥1
#startaplar_tanlovi

🚀$10 000 dollar sovrin jamg‘armasiga ega “Ijodiy startaplar tanlovi” o‘tkazilmoqda

Yo‘nalishlar:
— San’at
— Dizayn
— Moda
— O‘yinlar
— Interaktiv media
— Badiiy kontent yaratish
— Aqlli shaharlar va shaharsozlik

Sovrinlar:
🥇1-o‘rin $5 000 dollar.
🥈2-o‘rin $3 000 dollar.
🥉3-o‘rin $2 000 dollar.
💰Venchur investorlardan investitsiya jalb qilish imkoniyati.
🏕 1 haftalik startap campga yo‘llanma.

🤝Tanlov Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “IT Park Uzbekistan” hamkorligida tashkil etilmoqda.

Loyihalar taqdimoti 4-oktyabrda CAEx’da Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha 4-Butunjahon anjumani davomida bo‘lib o‘tadi.

🗓Arizalar 25-sentyabrga qadar qabul qilinadi.

📥Ariza yuborish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥6❤2
#forum
#LIVE

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi boshlandi

Ayni paytda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida o‘tkazilayotgan forumga tashrif buyurgan mehmonlar uchun universitet bo‘ylab tur tashkil etildi.

Mehmonlarga universitetning 130 mingdan ortiq adabiyotga ega Axborot-resurs markazi, kimyo laboratoriyalari, sport kompleksi, ma’ruza zallari, Mexatronika markazi faoliyati tanishtirildi.

Muassasaning maxsus laboratoriya va texnoparkida yosh tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari va startap ishlanmalar taqdimot qilindi. Mehmonlarga bir vaqtning o‘zida 250 nafar talabaga xizmat ko‘rsatadigan Axborot-resurs markazida 6 tildagi adabiyotlar mavjudligi katta taassurot uyg‘otdi.

Ularga muassasaning rivojlanish strategiyasi, xususan, energiyatejamkor quyosh panellarini o‘rnatish borasidagi ishlar, spin-off kompaniyalari faoliyati, universitet ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlikka oid amalga oshirilgan ishlar ko‘rsatildi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30❤6🔥1