Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xotira_kechasi

Urganch davlat universitetida Otajon Xudayshukurov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi oʻtkazildi


Unda sanʼat sohasining taniqli vakillari, Otajon Xudayshukurov shogird va izdoshlari, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida hofiz Otajon Xudayshukurov ijodiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng yaxshi she’rlar”, “Eng yaxshi rasmlar” hamda “Otajon Xudayshukurov qo‘shiqlarining mohir ijrochisi” tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi.

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17❤2🔥1👏1
#saylov_2024

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish statistikasi

(2024-yil 2-oktyabr holatiga)

📂
Markaziy saylov komissiyasining 2-oktyabr kuni o‘tkazilgan majlisida qabul qilingan qarorga ko‘ra 7 ta mahalliy OAVdan 42 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

🗣Mahalliy OAVdan:
1 ta
teleradiokanal, 4 ta bosma OAV, 2 ta internet nashrlarining 42 nafar vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

📃Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

📢 Eslatib o‘tamiz: OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilmoqda.

ℹ️
Akkreditatsiyadan o‘tkazishga doir batafsil ma’lumot.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤1🔥1👏1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment
#innovatsiyalar_haftaligi

“Tarmoq-korxona-oliygoh” tizimini samarali yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan Koreya - O‘zbekiston sanoat - akademiya, innovatsiyalar
haftaligi jarayonlaridan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥1😁1
✅ #Olimlar_minbari
#23–29.09.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“TA’LIM-TARBIYA – hayot-mamot masalasi shu bois, sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q” — Nodir QOSIMOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi;

«Вклад вузов в поступательное развитие Узбекистана» — Санжар МИРЗАЛИЕВ, начальник департамента Ташкентского государственного экономического университета;

“Zamonaviy oliy ta’lim – mazkur tizim yangicha fikrlash va salohiyat bilan barpo etiladi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Germaniya – Markaziy Osiyoning muhim va ishonchli sherigi” — Sobitxon TURG‘UNOV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Ulug‘bekxon bilur Lutfiy kamolin…, yoxud fan, madaniyat, adabiyot gullagan moziy bog‘i” — Sherxon QORAYEV, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti dotsenti;

«Самый великий, самый дорогой... » — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;

“Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasining hal qiluvchi bosqichi” — Ixtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

«Трансформация политического ландшафта в новом Узбекистане» — Сайфиддин ЖУРАЕВ, профессор ТГУВ.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#medialoyiha

Ilm yo‘lida fidoyilik namunasi


Jamiyatda ustozlarni ulug‘lash, ularning hayoti va ilmiy faoliyatini talaba-yoshlarga tanishtirish maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati tomonidan yangi medialoyiha – “Ilm yo‘lida fidoyilik namunasi” yo‘lga qo‘yildi.

Loyihaning navbatdagi qahramoni ilm-fanga bo‘lgan cheksiz sadoqati va yillar davomida minglab talabalar qalbiga bilim nurini singdirib kelayotgan ulug‘ ustozlardan iqtisod fanlari nomzodi, professor Sharipov Botirali Rohataliyevich bo‘ldi.

📹 Samimiy suhbat va ilhomlantiruvchi hikoyaga guvoh bo‘ling.

Shuningdek, quyida loyihaning boshqa qahramonlari:

Ilm-fan fidoyisi Avazxon Merganov bilan suhbat: https://t.me/nammtiuz/34641
Ilmiy loyihalarda yetakchi ustoz Abdulboqi Rahmonov bilan suhbat: https://t.me/nammtiuz/34674
60 yillik mehnat faoliyatiga ega professor Ahmadjon Soliyev bilan suhbat: https://t.me/nammtiuz/34843


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥3🤔2🥰1👏1
#mutolaa

Kutilgan kun (hikoya)


Luqmon Boʻrixon qalamiga mansub hikoya bosh qahramoni Boyxon — ichkilikka ruju qo’ygan, ishining tayini yo’q, “uylansa-quyiladi” degan niyatda ammasining qiziga uylantirilgan yigit. Ba’zan yuragiga yorug’lik kirib qoladi va o’zini o’zgartirmoqchi bo’ladi.

📖 Hikoyani o‘qish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍4🔥3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟡 Korrupsiya qanday vujudga keladi? Uni oldini olish uchun nimalar qilish zarur?

Agar siz oliy va professional taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤1🔥1
Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.07.2024-yildagi PQ-261-son Qaroriga asosan, 1-oktyabr kuni AQSHning «Cintana Education» kompaniyasi va «Times Higher Education» reytingida 182-oʻrinni egallab kelayotgan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur universitet oliy taʼlim sohasiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlashga qaratilgan.

2024/2025 oʻquv yilida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yoʻnalishida bakalavr bosqichida oʻqish tashkil etiladi.

Keyinchalik oʻquv dasturlari kengaygani sari OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQSHning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini berishi mumkin boʻladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32🔥3❤1
Innovatsion rivojlanish agentligining Davlat ilmiy dasturlari yagona intellektual elektron platformasi - loyiha.ilmiy.uz nima va uning afzalliklari

Mazkur platforma orqali olimlarga davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish bilan bog‘liq quyidagi afzalliklar yaratilgan:

🔹loyiha mavzularini shakllantirish bo‘yicha namunaviy shakllarni yuklab olish va takliflarni elektron tarzda taqdim etish;

🔹Agentlik tomonidan e’lon qilingan davlat dasturlari doirasida bajariladigan loyihalarni shakllantirishga qaratilgan tanlovlar bilan tanishib borish;

🔹tanlovlarga taqdim etiladigan ilmiy loyihalarni shakllantirishga oid namunalarni yuklab olish;

🔹ro‘yxatdan o‘tish orqali tanlovlarga o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etish;

🔹tanlovga taqdim etilgan ilmiy loyihalar holatini real vaqt rejimida kuzatib borish.

Ayni kunlarda platformada bir qancha ilmiy loyihalar tanlovlariga arizalar qabuli davom etmoqda.

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍17❤4👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog'istonda “Sahro sadosi” xalqaro festivali o‘tkaziladi

4-5 oktyabr kunlari Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” II xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi. Festival Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining tashabbusi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Festivalning asosiy maqsadi Ellikqal’a tumanining tarixiy-madaniy, ziyorat va ekologik turizm yo‘nalishlari, mahalliy hunarmandlar hamda ushbu hududning turizm maskanlarini keng targ'ib qilishdan iborat.

Ikki kunlik tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, To‘proq qal’a tarixiy ob’ektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert hamda "Ayoz qal'a" tarixiy majmuasida sport o‘yinlari o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍40❤3🤔2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24❤7🔥1