Edu.uz
✔
143K subscribers
40.7K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#1_kun #Nukus #TechnoWays_marafoni

“TechnoWays” innovatsion rivojlanish marafonining respublika bosqichi  boshlandi

8-oktyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

11-oktabrgacha davom etadigan mazkur marafon davomida ishtirokchilar tegishli yoʻnalishlar kesimida oʻzlarining innovatsion hamda dasturiy loyihalari taqdimotini oʻtkazadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23863

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31🔥5👏4❤2🥰2
✅ #Olimlar_minbari
#30.09–06.10.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“E’tirof, rag‘bat va imkoniyatlar pedagoglarni o‘z ustida ishlashga ruhlantirmoqda” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Prezidentimiz ilgari surgan konsepsiya – maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy harakatiga aylanadi” — Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, professor;

“Bugunning muhandislari ilm-fan va ishlab chiqarish drayveriga aylanadi” — Olimjon TO‘YCHIYEV, Turin politexnika universiteti rektori;

«Ежедневний вклад в будущее» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

“Har bir yosh o‘z ovoziga ega” — Matlubaxon TILLAVOLDIYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, professor;

«Защита прав педагогов - ориентир на долгосрочное развитие государства и высокое качество жизни» — Саидасрор ГУЛЯМОВ, профессор Ташкентского государственного аграрного университета.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1_kun #Nukus #TechnoWays_marafoni

“TechnoWays” innovatsion rivojlanish marafonining respublika bosqichidan video lavha

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21
#dual_taʼlim
#topshiriq_ijrosi

Jizzax politexnika instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti olimlari va talabalari hududlardagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida energiya iste’molini o‘rganishmoqda


O‘rganish jarayonida olingan tahliliy ma’lumotlar asosida ilmiy taklif, tavsiya va xulosalar korxona rahbariga taqdim etib boriladi.

📹 Batafsil videolavhalarda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍17🔥2
#Mutolaa

Ajdar quduq (doston)


Omon Matjon qalamiga mansub ushbu asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?

📖Dostonni oʻqish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤5🔥5👏4😁1
#Xushxabar #Topreyting #THE

⚡️Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/23857

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏30👍23🔥6❤4😁2
#dayjest #Maʼrifat_ulashib #Chellenj

Oliy taʼlim muassasalarida “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida zamondosh shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar shuningdek, bir qator tadbir va tanlovlar tashkil etilmoqda

✅Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Salim Ashurov, Abdurazzoq Obro‘y va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sultonmurod Olimov bilan ijodiy uchrashuv;

✅Andijon mashinasozlik institutida institutga biriktirilgan taniqli ijodkorlar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Minhojiddin Mirzo va bir guruh andijonlik ijodkorlar tashrifi;

✅Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida oliygohga tashrifi kutilayotgan taniqli adiblar Bahodir Karimov, Shuhrat Jabborov va Dilmurod Do‘stovlar haqida targʻibot tadbiri;

✅Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida boshlangʻich tashkilot tomonidan tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yini;

✅Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va agrotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi O‘.Abdurahmonov, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri R.Musurmon, shoira Zebo Mirzo ishtirokida ijodkorlar va talaba-yoshlar uchrashuvi;

✅Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, shoirlar Bobur Bobomurod va Humoyun Akbarov ishtirokida mushoira va “Gulxan-shou” tadbiri;

✅Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida kitobsevar talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif hamda Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini oʻrganish maqsadida davra suhbati;

✅Namangan davlat chet tillari instituti talabalari tashabbusi bilan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida ruhi yuksak adib Usmon Azim hamda zamondosh ijodkorlarimiz Shuhrat Orif, Dadaxon Muhammadiyevlar bilan nazm kechasi;

✅Farg‘ona davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, ijodkorlar Anvar Mirzo, Shavkat Do‘stmuhammadovlar bilan adabiy-badiiy kecha;

✅Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari, yoshlar ittifoqining faol a’zolari bilan birgalikda “Vatanparvar” bogʻiga tashrif;

✅Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida shoir va yozuvchi Erkin A’zam, Shodmonqul Salom, Olimjon Davlatov va Xurshid Abdurashid kabi adiblar ishtirokida institut hududiga ko‘chat ekish marosimi;

✅Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari - Abdumajid Azimov, Norqobil Jalil va Nazar Eshqulov ishtirokida adabiy-maʼrifiy uchrashuv;

✅Samarqand davlat tibbiyot universitetida elimizning ardoqli va taniqli adiblari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazilish arafasida milliy kontent.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤3😱2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#etnosport #targʻibot

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialida “Etnosport” haftaligi doirasida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar o‘rtasida etnosport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi

Unda kamondan o‘q otish, tosh koʻtarish, “Oq terakmi – ko‘k terak”, arqon tortish, “Qarabtep”, “Beshtosh”, “Kim oladi-ya shuginani” kabi milliy o‘yinlar tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍110🔥35🎉25❤23😁15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida jahon va mamlakatimizning yuqori salohiyatli iqtisodchi olimlari, xalqaro toifadagi ekspertlarni o‘zida jamlagan an’anaviy “III Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” xalqaro Forumi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalari hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratishga qaratilgan mazkur forum 17-18-oktabr kunlari o‘tkaziladi va unda dunyoning 10dan ortiq mamlakatlaridan xalqaro toifadagi mutaxassislar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Forum doirasida xalqaro yoshlar festivali, talabalar, yosh olimlar o‘rtasida loyiha, startap, maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari ham o‘tkaziladi va talaba-yoshlar uchun ham takrorlanmas imkoniyatlarni taqdim etadi.


Batafsil ma’lumotlarni strategy2024.tsue.uz saytidan olishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤1🔥1🎉1
#etnosport #targʻibot

⚡️Nukusda “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 9-oktabr kuni talaba-yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Nukus shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalaridan talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Musobaqa, sportning nafaqat jismoniy sog‘lomlik balki birlashuv va do‘stlikning ifodasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi. Yugurishda qatnashgan ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga katta e’tibor qaratishdi.

Ushbu musobaqa yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini va sog‘lom avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.


⚡️Nókiste “Talaba — yugur” kewilliler juwırıw sport jarısı bolıp ótti

Búgin, 9-oktabr kúni student-jaslar arasında sport hám salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw maqsetinde ótkerilgan bul ilajda Nókis qalasındaǵı barlıq joqarı oqıw orınlarınan studentler, sonday-aq, professor-oqıtıwshıları qatnastı.

Jarıs, sporttıń tek ǵana fizikalıq salamatlıq emes, al birlesiw hám doslıqtıń kórinisi ekenin jáne bir márte kórsetti. Jarısta qatnasqan qatnasıwshılar salamat turmıs tárizin bekkemlewge úlken itibar qarattı.

Bul jarıs elimizde jaslar arasında sportqa bolǵan qızıǵıwshılıqtıń artıp atırǵanın hám salamat áwlad tárbiyasına bolǵan itibardıń áhmiyetli ekenligin jáne bir márte tastıyıqladı.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤7🔥4