Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #anjuman #konferensiya
#29.10–04.11.2024

Oliy ta’lim muassasalarida bugungi kundagi dolzarb masalalarga qaratilgan respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda

➖Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bilim, iqtisodiyot va menejment bo‘yicha 17-Xalqaro konferensiya;

➖Toshkent davlat yuridik universitetida “Fuqarolik protsessual qonunchiligini takomillashtirish: Turkiya va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya;

➖Qarshi davlat universitetida “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman;

➖Oriental universitetida “Tasavvuf tarixida Abul Hasan al-Xaraqoniy va Bahouddin Naqshband” mavzusida xalqaro konferensiya;

➖Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Kimyo sanoatining dolzarb muammolari, innovatsion yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Oʻzbekistonda kartoshka urugʻchiligini rivojlantirish va kadrlar salohiyatini oshirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Amaliy fizika, axborot texnologiyalari va muhandislik boʻyicha VI xalqaro APITECH-VI-2024” konferensiyasi;

➖Qoraqalpoq davlat universitetida “Ajiniyaz - qoraqalpoq adabiyotining faxri” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya;

➖O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Sotsiologiya va psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Andijon mashinasozlik institutida “Mashinasozlik ishlab chiqarish sanoatida raqamlashtirish muammolari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;

➖ Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Zamonaviy axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va AT — ta’lim tatbiqiy muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya;

➖O‘zbekiston milliy universitetida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

➖Namangan toʻqimachilik sanoati institutida “Eng soʻnggi texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli yechimlar” mavzusidagi anjuman;

➖Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni samarali bartaraf etishning zamonaviy yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman;

➖ Toshkent davlat agrar universitetida “Barqaror oʻrmonchilik” mavzusida IV xalqaro ilmiy-texnik anjuman;

➖Qarshi davlat universitetida “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida “Morfologiyaning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy anjuman;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasidada “Klinik farmakologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida VI Markaziy Osiyo Kongressi;

➖Nukus davlat pedagogika institutida Nukus davlat pedagogika institutining 90 yilligiga bagʻishlangan “Qoraqalpogʻistondagi birinchi ilm dargohiga 90 yil!” mavzusidagi respublika anjumani;

➖Xalqaro Nordik universitetida “Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilari: barqaror suv harakati paradigmasini o‘zgartirish” mavzusidagi konferensiya.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤2👏1
#ogohlik #infografika

Is gazidan zaharlanish qurboniga aylanmaslik uchun nimalarni bilish kerak?


Is gazi, undan zaharlanish alomatlari va keng tarqalgan sabablari hamda zaharlanishni oldini olish uchun yechimlar bo‘yicha infografika

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🔥1🎉1
#xalqaro_hamkorlik

Ozarbayjon bilan oliy ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 


4-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti boshqaruvi raisi Shaxin Sadigov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston tomonidan vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik hamda oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari muloqot olib bordi.

Uchrashuvda dastlab ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi tashriflari natijasida oliy ta’lim sohasida o‘zaro aloqalar keyingi bosqichga chiqayotgani ta’kidlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26314

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_oshirish

42 ta oliy ta’lim tashkilotining 81 nafar axborot-resurs markazi xodimlari malakasi oshirildi


Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Axborot-resurs markazlari xodimlari uchun “Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha 72 soatga mo‘ljallangan maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur qisqa muddatli malaka oshirish kursining dastlabki sikli aralash ta’lim usullaridan foydalangan holda joriy yil 21–26-oktyabr kunlari ishdan ajralmagan holda onlayn, 28-oktyabr – 2-noyabr kunlari ishdan ajralgan holda an’anaviy shaklda olib borildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26319

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍37👏4😁1🤔1🎉1
4️⃣4️⃣4️⃣

🇺🇸 iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

iTEP
(International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning:

🔠 tinglab tushunish;
🔠 o‘qish;
🔠 grammatika;
🔠 yozish;
🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📱Mazkur imtihon uchun talabgorlar 15-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi.

✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service

👍 Imtihon 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: “Bodomzor” metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi.

➡️ iTEP uchun mock test 👇https://www.iteptest.com/preview

📱 @bba_ilmiy_markaz
📞 (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22❤2🔥1😁1
#konferensiya #taʼlim

“Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


5-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirliligi hamda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti (UMFT) bilan hamkorlikda “Yangi taraqqiyot bosqichida maktab ta’limini rivojlantirish strategiyalari: chaqiriqlar, muammolar, tadqiqotlar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari qatnashib o‘z nutqlari bilan chiqish qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26450

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍21🔥2❤1😁1🤔1