Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#yashil_kelajak #marafon #dayjest

🌿Respublikamizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;

➖О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti;

➖Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;

➖Urganch davlat pedagogika instituti;

➖Samarqand davlat chet tillar instituti;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

➖Andijon davlat chet tillari instituti;

➖Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

➖Navoiy davlat universiteti;

➖Namangan to’qimachilik sanoati instituti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali;

➖Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali;

➖Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

➖Namangan muhandislik-qurilish instituti;

➖Geologiya fanlar universiteti;

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

➖Qarshi irrigatsiya va agrotexnalogiyalar instituti.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍29🔥1
Xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlari Sun’iy intellektga bepul o’qitilib, yuqori daromadli ish bilan ta’minlanadi

Prezidentimiz tashabbuslari bilan xalqaro fan olimpiadalari g'oliblariga pul mukofotlari beriladi. Endi ularga yana qo’shimcha imkoniyat ochadigan Future AI talents dasturini yo’lga qo’ymoqda.

🏅 Siz xalqaro, mintaqaviy yoki milliy darajadagi aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda, masalan, Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) yoki shunga o‘xshash tanlovlarda sovrindor bo‘lganmisiz? Unda siz Sun’iy intellektga bog’liq kurslarda bepul o’qib, kelajakda Sun’iy intellekt sohasida kuchli iqtidor egasi sifatida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz mumkin.

📥 Boshlash uchun quyidagi formani to‘ldiring:
https://forms.gle/LdbjPyUZruKhaaQw5

PS. Kurslar MAAB Academy tomonidan BEPUL tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍36❤3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash_marosimi

🗣“Kitobxon yoshlar ligasi” va “Til bilimdonlari” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi amfiteatrida vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli “Kitobxon yoshlar ligasi” hamda “Til bilimdonlari” respublika tanlovlari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ushbu tanlovlar 250 mingga yaqin talaba-yoshlarni qamrab olingani, bu esa ularni kitob mutolaasiga, o‘zbek tili savodxonligiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Tanlovlar natijalariga ko‘ra:

📚 Kitobxonlik tanlovi 4-mavsumining 1 nafar 1-o‘rin, 2 nafar 2-o‘rin va 3 nafar 3-o‘rin egalariga qimmatbaho sovg‘alar (noutbuk, smart televizor va planshet) va vazirlik diplomlari topshirildi. Shuningdek, “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari va final bosqichida 4-5-o‘rinni egallagan faol ishtirokchilar ham vazirlik sertifikati va smartfon sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

🇺🇿“Til bilimdonlari” respublika tanlovida g‘olib bo‘lganlar esa quyidagicha pul mukofoti vaucherlari hamda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi:

1-o‘rin — 8 million so‘m;
2-o‘rin — 6 million so‘m;
3-o‘rin — 5 million so‘m;
4-o‘rin — 3 million so‘m va
5-o‘rin — 2 million so‘m.

➡️ Jarayondan fotolavhalar

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥3❤2
🇺🇿 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosib nishonlandi. Xodimlarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida o‘zbek milliy cholg‘u ansambli ishtirokida konsert tashkil etildi.

Bizni kuzating

Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
👍34🔥5🎉3👏2❤1
✅ #Olimlar_minbari
#04–10.11.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

«Инициативы и новые возможности» — Ином МАДЖИТОВ, ректор Национального университета имени Мирзо Улугбека, профессор;

“O‘zbekistoning iqtisodiy va ma’naviy yutuqlari dunyoga namuna”— Obidjon HAMIDOV, Buxora davlat universiteti rektori, professor;

“Turkiy davlatlar tashkiloti: Barqaror rivojlanish, xavfsizlik va raqamli kelajak sari” — Sobitxon TURG‘UNOV, Namangan davlat universiteti rektori, professor;

“Tannarx muhandisligi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish omillari” — Abdug‘affor JO‘RAYEV, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori, professor;

“Aholisi sog‘lom davlat qudratli va boy bo‘ladi” — Madamin MADAZIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor;

«Основная идея реформ» — Обиджон ХАМИДОВ, ректор Бухарского государственного университета, профессор;

“Turkiy olam: Mushtarak madaniy meros hamda umumiy qadriyatlar” — Durbek SAYFULLAYEV, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori, professor;

“6,6 foiz o‘sish – buning zamirida nimalar mujassam” — Jasurbek OTANIYOZOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Ekologik sayyohlik vaqtinchalik trend emas u turizm sanoatining rivojlanishi uchun poydevor bo‘la oladi” — Sayyora SAFOYEVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Qoraqalpoq adabiy tili shakllanishiga katta hissa qo‘shgan shoir va mutafakkir” — Gulmira KARLIBAYEVA, Qoraqalpoq davlat universiteti, professor;

“Investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyotimiz drayveri” — Nuriddin YO‘LDOSHEV, Toshkent menjment va iqtisodiyot instituti professori;

“Yoshlarning hayot qoidasiga aylanayotgan asosiy qonun” — Baxtiyor ALIBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti;

«Расширяя горизонты для обучения и развития инноваций» — Шаходат РАХИМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного экономического университета.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🔥1😱1
#Professional_taʼlim #seminar

Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun o‘quv seminarlari boshlandi


2024-yil 11–20-noyabr kunlari alohida tasdiqlangan grafikka asosan Respublika miqyosida kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar o‘tkazish belgilangan.

Bugun, 11-noyabr kuni vazirlik huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida Toshkent shahar hamda Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining 200 nafarga yaqin kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun seminar o‘tkazildi.

Dastavval, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev davlatimiz rahbari tomonidan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini sifatli ta’minlashda barcha rahbarlar mas’uliyati yanada oshganini ta’kidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/27135

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥2🤔2🎉1
#xalqaro_hamkorlik #delegatsiya

11-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Slovakiya Respublikasining favqulotda va muxtor elchisi Viktor Boretski boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida oliy va kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlar tayyorlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida konferensiya tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Bu kabi tashabbuslar ikki davlat o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Qayd etish joizki, Viktor Boretski boshchiligidagi delegatsiyaning mazkur tashrifi doirasida Bratislavadagi Iqtisodiyot va menejment universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Bu hujjat kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤3🔥2🤔2