Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#InnoWeek_2024
#xalqaro_forum

“InnoWeek-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekiston-Xitoy birinchi yoshlar innovatsion forumi o‘tkazildi.

Forumni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi. Tadbirda xitoylik va o‘zbekistonlik yosh olimlar, tadbirkorlar, startapchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Forum doirasida ikki mamlakat yoshlarining innovatsion faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar hamda sohadagi muammolar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍23🔥8🥰3🤔3🤩2
#munosabat #vazir_maqolasi

Zaruriy dasturlarni belgilashning oqilona va dolzarb yo‘li


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, texnika fanlari doktori, professor Qoʻngʻirotboy SHARIPOV “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 230-sonidagi ushbu sarlavhali maqolasida joriy yil 7-noyabrda davlatimiz rahbari raisligida qishloq xoʻjaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish, yoʻqotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishining ahamiyati va uning mazmuni haqida ilmiy mulohazalar yuritgan.

👉 Maqolani o‘qish.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍24🔥3❤2👏2😁2
#IT_Community

“IT Community Roadshow”ni Olmaliq va Gulistonda kutib oling!


Ayni kunlarda hududlarda IT sohasida karyera qilishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ularda “Roadshow” spikerlari va yuqori IQ darajasiga ega IT mutaxassislari ishtirokida kasb tanlash va axborot texnologiyalari sohasiga kirib borish va orzudagi ish topish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ular o‘z tajriba hamda maslahatlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Roadshow dasturida:

🎤karyera qilish va uni rivojlantirish, startapni ishga tushirish, sun’iy intellekt, “LinkedInda” professional brend va shaxsiy samaradorlik bo‘yicha mahorat darslari;
🔥 netvorking sessiyasi va faol ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina.


📌 Tadbirga bot orqali ro‘yxatdan o‘tiladi: https://t.me/itcomuzbot. Ishtirok etish mutlaqo bepul!

Olmaliq shahrida:
16-noyabr (shanba), “Metallurg” madaniyat saroyi.

Guliston shahrida:
17-noyabr (yakshanba), Alisher Navoiy Shoh ko‘chasi, 260A (Prezident maktabi).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥2❤1
#yoshlar_akademiyasi
#innoweek2024

“InnoWeek-2024” doirasida Yoshlar akademiyasi assambleyasi o’tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari O.Mahkamov, Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi direktori B.Farmonov hamda 40 nafar Yoshlar Akademiyasining oliy ta’lim muassasalaridagi liderlari, 11 nafar Yoshlar Akademiyasining hududlardagi liderlari, 40 nafar oliy ta’lim muassasalari fakultet liderlari va 60 nafar Yoshlar Akademiyasi a’zolari ishtirok etdilar.

Mazkur Assambleyada oliy ta’lim muassasalari va hududlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan takliflar, tashabbuslar va g’oyalar muhokama qilindi. Takliflari qo’llab-quvvatlangan yoshlarga kerakli barcha shart-sharoitlar yaratib berish hamda yangi tashabbuslar ilgari surish bo'yicha kelishib olindi.

Yoshlar Akademiyasi Assambleyasidan yakunida ilmiy-innovatsion tadbirlar faol ishtirokchilari hamda tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan jami 30 nafar yoshlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1👍29❤5🔥3😁2