Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#jarayon

Prezident stipendiyasiga nomzodlar suhbatdan o‘tmoqda


2024/2025-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining respublika bosqichi yakunlanmoqda.

5-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tanlov komissiyasining yig‘ilish bayoni bilan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab, tanlovning so‘nggi bosqichi (suhbat)ga tavsiya etilgan 57 nafar talabgor suhbatdan o‘tkazilmoqda.

Jarayon avvalida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev ushbu bosqichga yetib kelgan har bir nomzod ishtiroki g‘alabaga teng ekanligini ta’kidlab, barchaga omad tiladi. Shuningdek, suhbat jarayonlari yakunlangandan so‘ng, sovrindorlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlanishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanloviga jami 124 nafar talabgorlardan arizalar kelib tushgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍43🔥4❤3🎉3🤔2
#seminar

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan seminar o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tgan seminarda oliy ta’lim muassasalari “Komplayens-nazorat” boʻlimi xodimlari, hududiy boshqarma mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbir korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29555

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁6❤5🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talabgor_nima_deydi

Tanlovda 240dan ortiq talabgor ishtirok etayotgan bo‘lsa, demakki yurtimizda kamida yana shuncha ilmiy salohiyatiga ishonsa bo‘ladigan yoshlar borligini ko‘rsak bo‘ladi


📹Prezident stipendiyasiga talabgorlar tanlov jarayonlari, so‘nggi bosqichdagi hayajon va ichki kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍34❤4🤔1
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim #malaka_oshirish

Kasbiy ta’lim tashkilotlarining 6 nafar rahbar va pedagog kadrlari Xitoyda bir oylik o‘quv-amaliyot dasturida ishtirok etmoqda

Mazkur malaka oshirish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Jingkeming Education Technology (Chongqing)” kompaniyasi o‘rtasida imzolan anglashuv memorandumiga ko‘ra “Xitoy va O‘zbekistonning kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik bo‘yicha 2030-yilga mo‘ljallangan loyihasi” doirasida amalga oshirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29554

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🔥2🥰2
#xalqaro_hamkorlik

“Euronews” xalqaro media-xoldingi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi


5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov bilan “Euronews” xalqaro media-xoldingi texnik guruhi vakillari – Fernando Soares va Piter Vajaylar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Euronews” xalqaro media-xoldingi ishtirokida media sohasidagi kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29562

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤4🔥1