Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #xizmat_safari

Vazirning birinchi o‘rinbosari Termiz davlat pedagogika institutidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi

24-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Termiz davlat pedagogika institutida bo‘lib, institut rektori Azizbek Hasanov bilan birgalikda muassasaning “Yangi O‘zbekiston” massivida yangidan qurib bitkazilayotgan 2 ta 1500 o‘rinli o‘quv binosi hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 2 ta 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Ko‘zdan kechirish davomida obyektlar sifatli, foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi hamda belgilangan ishlarni muddatida yakunlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shundan so‘ng, institutning asosiy binosida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, 2025-yilda ilmiy salohiyat va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23❤6🔥2🤔1
#qonunchilik_yangiliklari

Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etiladi

“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-20-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Buxoroda texnikum va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi

24-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Unda jami 400 nafardan ortiq ishtirokchilar, jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “AVESTOS” GmbH kompaniyasi delegatsiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari boshqarma boshliqlari va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimliklari va 180 nafar ish beruvchi yirik korxona vakillari qatnashdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34079

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥4❤3🎉1
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston–Malayziya: Innovatsion hamkorlik va taʼlimdagi yangilanishlar


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 20–24-yanvar kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Safar davomida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazib, Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanishi va xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni muhokama qildilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34076

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22❤1
#dayjest #milliy_libos

Oliy ta’lim tashkilotlarida “Milliy liboslar” kuniga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda


➡️Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi;

➡️Jizzax politexnika institutida “Milliy libos – ayol ko‘rki” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi;

➡️Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Milliy libos - millat qiyofasi" nomli badiiy tadbir tashkil etildi;

➡️Jizzax davlat pedagogika universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;

➡️Namangan davlat chet tillar institutida “Tengdoshdan-tengdoshga” nomli ilhomlantiruvchi tadbir tashkil etildi;

➡️Jizzax Sambhram universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida chellenj bo‘lib o‘tdi;

➡️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida milliy liboslar kuni o‘tkazildi;

➡️Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida talabalari tomonidan “Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi” mavzusida milliy liboslar tarannum etildi;

➡️Termiz davlat pedagogika institutida milliy liboslar taqdimoti tashkil etildi;

➡️Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Milliy kiyimlar – millat faxridir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi;

➡️Buxoro davlat universitetida milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi;

➡️Alfraganus universitetida milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish asosida loyiha tashkil etildi;

➡️Andijon davlat pedagogika institutida “An’anaviy milliy liboslar kuni” belgilandi;

➡️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “O‘zbekistonning tarixi va madaniyati bo‘ylab sayohat taqdimot-konserti” nomli tadbir tashkil etildi;

➡️Turon universitetida “Milliy liboslar haftaligi” o‘tkazildi;

➡️O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Milliy liboslar haftaligi” tashkil etildi;

➡️Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida milliy taomlar tayyorladilar va barchaga ulashdilar;

➡️Guliston davlat pedagogika institutida milliy liboslar kuni tashkil etildi;

➡️“University of Business and Science”da milliy liboslar kuni nishonlandi;

➡️Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi tashkil etildi;

➡️Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy libosda bir kun” aksiyasi boʻlib oʻtdi;

➡️Qarshi davlat universitetida millat ko‘rki bo‘lgan liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉5❤2🔥1
#sarhisob_murojaat2024
#infografika

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
___

Анализ обращения физических и юридических лиц в Министерство высшего образования, науки и инноваций за 2024 году в цифрах.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1🤔1