#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #xizmat_safari
Vazirning birinchi o‘rinbosari Termiz davlat pedagogika institutidagi qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
24-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Termiz davlat pedagogika institutida bo‘lib, institut rektori Azizbek Hasanov bilan birgalikda muassasaning “Yangi O‘zbekiston” massivida yangidan qurib bitkazilayotgan 2 ta 1500 o‘rinli o‘quv binosi hamda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan 2 ta 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Ko‘zdan kechirish davomida obyektlar sifatli, foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi hamda belgilangan ishlarni muddatida yakunlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shundan so‘ng, institutning asosiy binosida talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, 2025-yilda ilmiy salohiyat va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍23❤6🔥2🤔1
#qonunchilik_yangiliklari
Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etiladi
Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Jizzax va Toshkent viloyatlarida injenerlik maktablari tashkil etiladi
“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-20-son, 22.01.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi 1-son politexnikumi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron shahar politexnikumi huzurida injenerlik maktablari tashkil etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim
Buxoroda texnikum va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi
24-yanvar kuni Buxoro davlat universitetida “Malakali kadrlar tayyorlash va kasbiy ta’limga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 400 nafardan ortiq ishtirokchilar, jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “AVESTOS” GmbH kompaniyasi delegatsiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari boshqarma boshliqlari va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimliklari va 180 nafar ish beruvchi yirik korxona vakillari qatnashdi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34079

👍22🔥4❤3🎉1
#xalqaro_hamkorlik
Oʻzbekiston–Malayziya: Innovatsion hamkorlik va taʼlimdagi yangilanishlar
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya 20–24-yanvar kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Safar davomida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkazib, Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanishi va xalqaro hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni muhokama qildilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34076

👍22❤1
#dayjest #milliy_libos
➡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy libos-millat qiyofasi” mavzusida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi;
➡️ Jizzax politexnika institutida “Milliy libos – ayol ko‘rki” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi;
➡️ Shahrisabz davlat pedagogika institutida "Milliy libos - millat qiyofasi" nomli badiiy tadbir tashkil etildi;
➡️ Jizzax davlat pedagogika universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi;
➡️ Namangan davlat chet tillar institutida “Tengdoshdan-tengdoshga” nomli ilhomlantiruvchi tadbir tashkil etildi;
➡️ Jizzax Sambhram universitetida “Milliy libos-millat faxri” mavzusida chellenj bo‘lib o‘tdi;
➡️ Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida milliy liboslar kuni o‘tkazildi;
➡️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida talabalari tomonidan “Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi” mavzusida milliy liboslar tarannum etildi;
➡️ Termiz davlat pedagogika institutida milliy liboslar taqdimoti tashkil etildi;
➡️ Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Milliy kiyimlar – millat faxridir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi;
➡️ Buxoro davlat universitetida milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi;
➡️ Alfraganus universitetida milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish asosida loyiha tashkil etildi;
➡️ Andijon davlat pedagogika institutida “An’anaviy milliy liboslar kuni” belgilandi;
➡️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan “O‘zbekistonning tarixi va madaniyati bo‘ylab sayohat taqdimot-konserti” nomli tadbir tashkil etildi;
➡️ Turon universitetida “Milliy liboslar haftaligi” o‘tkazildi;
➡️ O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Milliy liboslar haftaligi” tashkil etildi;
➡️ Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida milliy taomlar tayyorladilar va barchaga ulashdilar;
➡️ Guliston davlat pedagogika institutida milliy liboslar kuni tashkil etildi;
➡️ “University of Business and Science”da milliy liboslar kuni nishonlandi;
➡️ Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi tashkil etildi;
➡️ Namangan davlat pedagogika institutida “Milliy libosda bir kun” aksiyasi boʻlib oʻtdi;
➡️ Qarshi davlat universitetida millat ko‘rki bo‘lgan liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlarida “Milliy liboslar” kuniga bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉5❤2🔥1
#sarhisob_murojaat2024
#infografika
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
___
Анализ обращения физических и юридических лиц в Министерство высшего образования, науки и инноваций за 2024 году в цифрах.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#infografika
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili raqamlarda.
___
Анализ обращения физических и юридических лиц в Министерство высшего образования, науки и инноваций за 2024 году в цифрах.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥1🤔1
Munosabat / Taʼziya
2024-yil 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlab ogʻir tan jarohati olgan talaba qizga tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmadi.
Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
Marhuma qizning dafn marosimi yaqinlari ishtirokida oʻtkazildi. Institut rahbariyati oilasiga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatib, ogʻir kunlarda ular bilan birga boʻldi.
Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik koʻmak yoʻlga qoʻyildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar oʻtkazilib, ularning fikrlari oʻrganildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi marhumaning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

👍28😱16❤4🔥1
#Prezident_topshirigi #tafsilot
22-yanvar sanasida Prezidentimiz Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining sohadagi ustuvor vazifalarga oid taqdimoti bilan tanishib, 2025-yilda tizimda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab bergan edilar. Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Termiz davlat universitetida boʻlib, viloyat OTM rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.
Jarayonda davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yilda oliy ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar, oliy taʼlim tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, taʼlim eksportini yoʻlga qoʻyish boʻyicha berilgan topshiriqlar, uning ijro mexanizmi xususida koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

👍23🔥4❤2