Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Iordaniya oliy ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytiradi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov rahbarligidagi delegatsiya Iordaniya Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Iordaniya va O‘zbekiston oliy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar natijasida oliy ta’lim va ilmiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20🤔1
4️⃣4️⃣4️⃣

☄️Chet tillari bo‘yicha test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish uchun malaka oshirish kursiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

🗓 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan 2025-yil 18-fevraldan boshlab chet tillarini bilish va egallash darajasini baholash bo‘yicha test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun malaka oshirish kursi tashkil etiladi.

📌 Malaka oshirish kursi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🗓 Davomiyligi: 20 soat (nazariy va amaliy mashg‘ulotlar)
📱 O‘qitish shakli: Zoom platformasi orqali onlayn va qisman oflayn tarzda
✔️ Yakuniy baholash: Kurs yakunida nazorat sinovi o‘tkaziladi, yuqori natijaga erishgan ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi

▪️Ishtirok etish talablari:
➡️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
➡️25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
➡️oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
➡️ijtimoiy faol bo‘lish;
➡️hozirda guruh nazoratchisi sifatida faoliyat yuritayotgan bo‘lish.

🗓 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 17-fevralgacha
🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service

☎️ Murojaat uchun: (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #targʻibot #turizm #Malayziya

📹Malayziyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi taqdimotlari o‘tkazilmoqda

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥5❤2😁1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#grant #moddiytexnikbaza #muhandislik

UrDU laboratoriyasi yangi raqamli dastgohlar bilan ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2909-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti qoshidagi Mashinasozlik laboratoriyasi yangi jihozlar bilan ta’minlandi.


Islom Taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan Yaponiyadan 12 turdagi zamonaviy raqamli dastgohlar olib kelib, o‘rnatildi.

📌 Natijada:
✔️Talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish;
✔️Muhandislar maktabi o‘quvchilari uchun qo‘shimcha ta’lim muhitini yaratish
✔️Zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va innovatsion ishlanmalarni tatbiq etish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratildi.

📹Batafsil videodalavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤1🔥1👏1
#memorandum #Malayziya
#forum

Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan Malayziya – O‘zbekiston Oliy ta’lim forumi va ko‘rgazmasi doirasida oliy ta’lim muassasalari va xorijiy kompaniyalar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash hamda amaliy bosqichga o‘tishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolanmoqda


🔸Toshkent arxitektura-qurilish universiteti;

🔹Namangan davlat universiteti;

🔸Qoraqalpoq davlat universiteti;

🔹O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;

🔸Termiz davlat universiteti;

🔹Namangan muhandislik-texnologiya instituti;

🔸Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍13👏3❤2😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_rasmiy_tashrifi #Malayziya

Prezident Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi arafasida Malayziyadan eksklyuziv reportaj


Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘jaev mazkur tashrif arafasida Kuala-Lampurning qoq markazidagi ulkan monitorlar orqali namoyish etilayotgan yurtimiz haqidagi video lavhalar, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda ertaga rejalashtirilgan O‘zbekiston-Malayziya ta'lim forumi yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35❤4😁4🤔1😱1
#jarayon #Malayziya

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumining asosiy tadbirlari boshlandi

Forumning ochilish marosimini quyidagi link orqali kuzatib borish mumkin: https://www.youtube.com/live/nCzKasxvwoU?si=8FoBw3IJHdB_HLZ3

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤7🔥4👏2🤩1
#jarayon #forum

O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Bugun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat madhiyalari ostida tantanali ravishda ochildi.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdilar.

Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.

Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤5👏2🤔1