Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik kengaymoqda

Ayni kunlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib turibdi.

Ushbu delegatsiya tarkibida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev qator muhim muzokaralar o‘tkazmoqda.

Xususan, Sh. Daliyev va Rossiya Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari K. Molilevskiy o‘rtasidagi uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistondan Rossiyaga ishlash maqsadida boradigan fuqarolarni sifatli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish, ularning rus tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi doirasida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini ochish hamda Rossiyaning yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁5❤4👏3🤔2
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #marosim

O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥5👏3🎉1🤩1
#xalqaro_hamkorlik #forum #OAV

📹 O‘zbekiston-Malayziya birinchi ta’lim forumi tafsilotlari OAV nigohida
____

📹 Подробности первого узбекско-малайзийского образовательного форума в освещении СМИ

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩2
#ogohlik_davr_talabi

⚠️ Jonli translyatsiyalar orqali kripto firibgarliklardan ogoh bo‘ling!

Kiberxavfsizlik xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda jonli translyatsiya (Live streaming) platformalaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan kripto firibgarliklar soni ortib bormoqda.

Firibgarlar ko‘pincha YouTube videoxostingi, Telegram messenjeri kabi platformalarda o‘zlarini “kripto ekspert” yoki “investitsiya guruhi” sifatida ko‘rsatib, odamlarni chalg‘itishga harakat qilishmoqda.

Firibgarlik sxemalari:
✔️ Jonli translyatsiya davomida tez va katta daromad olish va’dalari;
✔️ “Faqat bugun” yoki “cheklangan muddatda” kabi iboralar bilan shoshilinch qaror qabul qilishga majburlash;
✔️ “Maxsus treninglar” yoki “kripto-savodxonlik kurslari”ni sotib olishni tavsiya qilish.

📌 Shuni yodda tutingki, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida noqonuniy faoliyat olib borish, ya’ni, olish, o‘tkazish yoki ayirboshlash hamda litsenziyasiz xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

⚠️ Jonli translyatsiya orqali firibgarlik sxemalaridan ogoh bo‘ling va shubhali takliflarga uchmang!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤5
#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #muzokaralar

2025–2026-yillarni O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilishga kelishildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤5🔥1👏1