Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#dayjest #Prezident_topshirigʻi_ijrosi #sport #targʻibot

“Sog‘lom inson-sog‘lom millat” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantiramiz.
Shavkat Mirziyoyev


Ushbu shior ostida oliy ta’lim muassasalarida ertalabki sport mashqlari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

➡️TDIU Samarqand filiali;

➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti;

➡️Jizzax davlat pedagogika universiteti;

➡️Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

➡️O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

➡️Andijon davlat pedagogika instituti;

➡️Termiz davlat pedagogika instituti;

➡️Guliston davlat pedagogika instituti;

➡️Buxoro davlat tibbiyot instituti;

➡️Buxoro davlat pedagogika instituti;

➡️Guliston davlat universiteti;

➡️Termiz davlat universiteti;

➡️Xalqaro innovatsion universitet;

➡️Andijon davlat tibbiyot instituti;

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7
4️⃣4️⃣4️⃣ ⚖️👨‍💻👩‍💻💬

Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyaga taklif qilamiz!


🎙Bu shunchaki konferensiya emas – bu akademik kelajakka AI bilan yo‘l ochish imkoniyati! Siz ham qatnashing!

🔅Mavzu: “Ilmiy mukammallik uchun sun’iy intellekt: tadqiqot, yozuv va pedagogika” (Advanced AI for Academic Excellence: Research, Writing, and Pedagogy).

💡 Sun’iy intellekt akademik faoliyatni qanday inqilob qilmoqda?
🔄 Ilmiy tadqiqot, yozuv va ta’limda AI imkoniyatlarini qanday qo‘llash mumkin?
🤖 Ilm-fan va innovatsiyaga AI qanday yangi eshiklar ochmoqda?

Ushbu konferensiyada sizni:
✔️ Zamonaviy ilmiy texnologiyalar bilan tanishish;
✔️ AI yordamida ilmiy yozuv va tadqiqotni takomillashtirish;
✔️ Tajribali mutaxassislar va yetakchi olimlardan eksklyuziv maslahatlar kutmoqda.

📆 Sana: 27-fevral
⏰ Vaqt: 19:00
🤝Qatnashish: Online (Zoom)

🎤 Taqdimotchilar:
💬 Dr. Dorota Sylwia Majewicz (Polsha) – Sun’iy intellekt va akademik innovatsiyalar bo‘yicha ekspert;
💬 Mohira Alibekova (O‘zbekiston) – Pedagogika va ilmiy yozuv bo‘yicha mutaxassis.

📌 Tashkilotchi:
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi.

📩 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
📧 Email: info@mahorat.org

🔗 Konferensiyaga qo‘shiling:
📌 Zoom havolasi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustoz_ulugʻ

Qariyb 70 yildan buyon yoshlarga ta’lim berib kelayotgan ustoz

Pedagogika fanlari doktori, professor Turg‘unoy Egamberdiyeva umrini ta’lim va ilm-fanga bag‘ishlagan fidoyi ustozlardan biridir. 1942-yilda Marg‘ilon shahrida oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan olima o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati davomida minglab yosh mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo‘shgan.

📹 Ustozning ta’lim sohasidagi faoliyati, yutuqlari hamda yoshlarga bergan bebaho saboqlari haqida batafsil videolavhada tanishing

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤3😱3🔥1
#NamDTU #MexanikaParki #TaʼlimVaTexnologiya #Muhandislik

Namangan davlat texnika universitetida “Mexanika parki” foydalanishga topshirildi

20-fevral kuni Namangan davlat texnika universitetida Islom taraqqiyoti banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobiga barpo etilgan “Mexanika parki” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha doirasida universitet zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanib, muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun real ishlab chiqarish sharoitida ishlash imkoniyati yaratildi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar loyiha ahamiyatiga to‘xtalib, uning ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh muhandislar uchun yaratadigan keng imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, “Mexanika parki” nafaqat universitet rivojiga, balki butun viloyatning sanoat salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥3❤2👏1
#Erasmus #GREENDT #loyiha

“Atrof muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qaratilgan yangi loyihaga start berildi

18–19-fevral kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishi orqali Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistratura dasturlarini joriy etish” loyihasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropadagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdilar.

Mehmonlar loyiha ahamiyati, ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishdagi hissasi haqida fikr bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #profilaktika_inspektori

Bizning asosiy maqsadimiz — talabalarga, xususan, yosh avlodga huquqiy bilim berish, ularga zarar yetkazuvchi huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish.


📹“Profilaktika inspektori kundaligi” loyihasi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorining faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥1
#NamDTU #SayyorQabul #Vazir #ProfessorOʻqituvchi #Talabalar

Namanganda vazir qabuli tashkil etildi

Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari onlayn ishtirok etdi.

Qabul davomida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan turli taklif, tashabbus hamda murojaatlar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37105

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁6👏3❤2🤔1