Edu.uz
✔
144K subscribers
40.2K photos
7.69K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Erasmus #GREENDT #loyiha

“Atrof muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qaratilgan yangi loyihaga start berildi

18–19-fevral kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishi orqali Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistratura dasturlarini joriy etish” loyihasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropadagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdilar.

Mehmonlar loyiha ahamiyati, ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishdagi hissasi haqida fikr bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4👏1🎉1