Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#NamDTU #MexanikaParki #TaʼlimVaTexnologiya #Muhandislik

Namangan davlat texnika universitetida “Mexanika parki” foydalanishga topshirildi

20-fevral kuni Namangan davlat texnika universitetida Islom taraqqiyoti banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobiga barpo etilgan “Mexanika parki” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Mazkur loyiha doirasida universitet zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanib, muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun real ishlab chiqarish sharoitida ishlash imkoniyati yaratildi.

Ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar loyiha ahamiyatiga to‘xtalib, uning ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh muhandislar uchun yaratadigan keng imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, “Mexanika parki” nafaqat universitet rivojiga, balki butun viloyatning sanoat salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥3❤2👏1
#Erasmus #GREENDT #loyiha

“Atrof muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlashga qaratilgan yangi loyihaga start berildi

18–19-fevral kunlari Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Erasmus+ dasturining “GREENDT: Barqaror o‘tish va jamiyat o‘zgarishi orqali Atrof-muhit muhandisligi bo‘yicha magistratura dasturlarini joriy etish” loyihasining ochilish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropadagi hamkor universitetlar vakillari ishtirok etdilar.

Mehmonlar loyiha ahamiyati, ta’lim va sanoat integratsiyasidagi o‘rni, yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirishdagi hissasi haqida fikr bildirdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37066

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤4👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon #profilaktika_inspektori

Bizning asosiy maqsadimiz — talabalarga, xususan, yosh avlodga huquqiy bilim berish, ularga zarar yetkazuvchi huquqbuzarliklarning oldini olish va xavfsiz muhitni yaratish.


📹“Profilaktika inspektori kundaligi” loyihasi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorining faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤2🔥1
#NamDTU #SayyorQabul #Vazir #ProfessorOʻqituvchi #Talabalar

Namanganda vazir qabuli tashkil etildi

Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari onlayn ishtirok etdi.

Qabul davomida viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan turli taklif, tashabbus hamda murojaatlar bildirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37105

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍28😁6👏3❤2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi #dual_taʼlim

“Tarmoq-korxona-oliygoh” tizimi amalda

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali hamda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida korxona bazasida Mashinasozlik texnologiyasi, Texnologik mashinalar va jihozlar hamda Kimyoviy texnologiya kafedralarining filiallari tashkil etildi. Ushbu tashabbus ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirib, talabalarga amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

📹Batafsil videolavhada

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

2025-yil uchun tasdiqlangan Davlat dasturidan taʼlim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha qanday muhim maqsad va vazifalar o‘rin olgan?


📹Davlat dasturining “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishida belgilangan eng muhim chora-tadbirlar bilan videoinfografikada tanishing.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #vazir #xizmat_safari

Namangan davlat texnika universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyatdagi oliy va kasbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalarining turli taklif, tashabbus hamda murojaatlari tinglandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🎉5😁2😱2🤔1