Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

📣 TOEFL iBT hamda GRE imtihonlari uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz va Educational Testing Service (ETS) tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan TOEFL iBT hamda GRE imtihonlariga talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda.

🎯 TOEFL iBT – Ingliz tilini bilish darajasini xalqaro miqyosda baholovchi test.
🎯 GRE – Magistratura va doktorantura (PhD) dasturlariga kirish uchun zarur bo‘lgan xalqaro imtihon.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
➡️ www.ets.org saytiga kiring.
➡️ Test topshirish manzili sifatida Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazni tanlang.
➡️ Shaxsiy kabinet yarating va imtihon to‘lovini amalga oshiring.

🗓 Imtihon sanasi: 15-mart, soat 14:00
📍 Manzil: Ilmiy-o‘quv amaliy markaz (Scientific and Educational Practical Center under The Agency for Assessment of Knowledge and Competences).

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ (95) 515-68-68

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_Rolik #TalabaMadaniyati #OdobAxloq #HurmatVaMadaniyat

Inson odobi bilan elda aziz

Urganch davlat universiteti Axborot xizmati tomonidan talabalar orasida oliygoh hududida yurish-turish va odob-axloq qoidalariga rioya etish bo‘yicha ijtimoiy rolik taqdim etildi.

Siz ham shunday holatga duch kelganmisiz?

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥5🥰2😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv

Oʻzbekiston va Xitoy “yashil” energiya hamkorligini kengaytiradi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Xitoyning CRRC Zhuzhou Locomotive Co., Ltd. (CRRC ZELC) kompaniyasi vitse-prezidenti Chen Yun boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda “yashil” energiya rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37572

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20👏3🤔2❤1😱1
#Prezident_qarori_ijrosi

Innovatsion taraqqiyot sari qadam: Belarus-Oʻzbekiston institutiga Germaniyaning ilgʻor laboratoriya jihozlari keltirildi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining bevosita koʻmagida Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararо amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiga Germaniya Federativ Respublikasida ishlab chiqarilgan zamonaviy va yuqori sifatli 211 turdagi ilmiy-oʻquv laboratoriya jihozlari keltirildi.

Ushbu tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4524-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilib, institutning oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, shuningdek, fan va texnikaning soʻnggi yutuqlarini joriy etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Yangi laboratoriya jihozlaridan foydalanish institutda xorijiy ilgʻor tajribalardan kelib chiqib, zamon talabiga mos, yuqori salohiyatli, bilimli, mas’uliyatli va raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, "tannarx muhandisligi" (cost engineering), "qiyoslash muhandisligi" (benchmarking), "qayta muhandislik" (reverse engineering) kabi fanlarni oʻqitishda, muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borishda hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31❤6🤔3
#Avtomobilsiz_kun

“Avtomobilsiz kun” ommaviy aksiyasiga siz ham qo‘shiling!

26-fevral kuni Toshkent shahrida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya munosabati bilan davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga shaxsiy transport vositalaridan voz kechish va jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤1🔥1👏1
#eslatma

☄️☄️Kasbiy ta’lim muassasalarining chet tili o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun oxirgi kun!

Prezident qaroriga asosan Migratsiya agentligi tomonidan kasbiy ta’lim muassasalari va kasbiy ko‘nikmalar markazlarida (monomarkazlar) faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining reytingi tuziladi.

Reytingda eng ko‘p ball olgan 50 ta o‘qituvchiga 50 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy yil 25-fevralga qadar ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz va ingliz, koreys, nemis hamda yapon tillari bo‘yicha kamida B1 yoki unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat olgan bitiruvchilaringiz haqida ma’lumotni kiriting.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: 👉https://my.gov.uz/oz/service/1194

Ma’lumot uchun, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soniga qarab chet tili o‘qituvchilari reytingi tuziladi.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligi +998 71-202-33-55 (ichki raqam 32)

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤1🔥1
#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv

Misr elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Bugungi kunda O‘zbekiston va Misr oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 10 dan ortiq hamkorlik bitimlari imzolangan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni yanada oshirish rejalashtirilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37684

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25❤5😁1
#press_tur

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha press-tur o‘tkazildi

25-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan dual ta’lim tizimini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi. Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Press-tur davomida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlashda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining dual ta’lim tizimini joriy etish va uni takomillashtirish bo‘yicha hamkorligi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/37749

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍22🔥2❤1