Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xizmat_safari

Vazir o‘rinbosari Shahrisabz shahrida kasbiy va oliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

26-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida Shahrisabz shahrida joylashgan ta’lim muassasalarida bo‘ldi.

Safar davomida pedagog va talaba-o‘quvchilar bilan uchrashib, fikrlari tinglandi. Shuningdek, ta’lim muassasalarining infratuzilmasini yaxshilash, o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, ilmiy va ijodiy loyihalarni ko‘paytirish hamda talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38174

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍25🔥1😁1
#Yoshlar_texnoparki

Xorazmda Urganch yoshlar texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi

26-fevral kuni Xorazm viloyatida Urganch yoshlar texnoparkining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan texnopark yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga keng jalb etishga qaratilgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38218

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥3👏2❤1🎉1
📢 Research Talks 3-qism!

Iqtisodiyot, moliya va energiya o‘tish jarayoni bo‘yicha yetakchi olim Dr. Farhad Taghizadeh-Hesary ishtirokida bo‘lib o‘tadigan “Research Talks” webinarining 3-qismida qatnashish uchun taklif etadi. Ushbu suhbatlar “Bo‘lajak akademik” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Mavzu: Yashil moliyalashtirish orqali energiya tizimini o‘zgartirishga ko‘maklashish

Dr. Farhad Taghizadeh-Hesary:
🔹 Tokai Universiteti (Yaponiya) professori
🔹 ISETS (Avstraliya) vitse-prezidenti va hammuassisi
🔹 Climate Finance Asia (Tokio) bosh iqtisodchisi hisoblanadi.

Vebinarda talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh olimlar ishtirok etib o‘z mavzu yuzasidan bilimlarini boyitishi mumkin.

Vebinarda qatnashish uchun HAVOLA

📞 +998-712390311
📧 i.kasimov@rgsbm.uz

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4
#Prezident_topshirigʻi_ijrosi

“Kelajakka qadam” markazi va oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

27-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ hamda Andijon viloyatidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi talabalarning bandligini taʼminlash va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida uchta muhim hujjat imzolandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/38221

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤1🤔1