Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Forum #IlmFan

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida
“Dunyo arabshunoslari forumi” o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida “Dunyo arabshunoslari forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Misr, O‘mon Sultonligi kabi mamlakatlardan taniqli arabshunos olimlar, soha mutaxassislari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Forumning yalpi majlisini akademiya rektori M. Komilov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i O. Bozorov va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti prorektori N. Abdullayev kirish so‘zlari bilan ochdilar.

Anjuman davomida adabiyotshunoslar, manbashunoslar, tarixchilar, tilshunos-filologlar, siyosatshunoslar va boshqa soha mutaxassislari arab tilini o‘qitishdagi zamonaviy yondashuvlar, til va sun’iy intellektning muvofiqlashtirilishi, manbashunoslik va tilshunoslik asoslari, shuningdek, til, tarix, madaniyat va siyosatning o‘zaro aloqadorligi kabi dolzarb masalalarni keng muhokama etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39289

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IlmFan #TaʼlimdaAyollar

Ilm-fan mening hayotimda qanday natijalarga erishishimga yordam bermoqda?

Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibasi, Urganch davlat universiteti talabasi Ruxsora Suvonova o‘zi asos solgan “Oiladan boshlaymiz!” loyihasi hamda ilm-fan yo‘nalishidagi rejalarini o‘rtoqlashdi (video).

Men bu savol bilan o‘zimga tez-tez murojaat qilib, qilayotgan ishlarimni va yangi rejalarimni, maqsadlarimni sarhisob qilishga harakat qilaman. Kitoblar o‘qish orqali anglaganlarim shu bo‘ldiki, insonlar kitob o‘qishni har kun va doimiy odat qilishlari lozim. — deydi u.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤3🔥1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#podkast #ilmfan

“Ayollar ko‘rsin” podkastining navbatdagi sonida
ekspertlar ilm-fan sohasida gender tengligi masalasi, doktorantura tizimidagi islohotlarning samaradorligi, ilmiy maqolalarni chop etish masalalari hamda O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlar uchun mavjud sharoitlar yuzasidan fikr almashdilar.

To‘liq video: 👉
https://youtu.be/TmCHKMpo72o

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤2🤔2🔥1
#Prezident #Mirziyoyev #marosim #8mart

Bitta qizni o‘qitsak, butun oilaga ta’lim bergan bo‘lamiz. Agar oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi.

Yurtimizdagi 203 ta oliygoh talabalarining 52 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etayotgani mana shu ezgu g‘oyaning amaliy natijasi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. O‘tgan yilning o‘zida magistraturada o‘qiyotgan 15 mingga yaqin xotin-qizlarga 100 milliard so‘mga yaqin kontrakt puli to‘lab berildi.

Hozirgi vaqtda 6 ming 200 dan ortiq xotin-qizlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, ilmiy ishlanmalarning 25 foizini olima ayollarimiz yaratayotgani ham, jamiyatda ularning o‘rni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
— dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍32❤12🔥2🤔2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Mirziyoyev #marosim #8mart

Mehr-oqibat, oliyjanoblik, muhabbat va sadoqat yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirishda, oila qo‘rg‘onini mustahkamlashda sizlarning xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27❤6🔥5😱2🎉1