Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #muzokaralar

O‘zbekiston va Fransiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqdilar

Yelisey saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1
Imkoniyatlar cheklanmagan!

▶️O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi adaptiv sportga qiziqishni oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun maxsus uchrashuv tashkil etmoqda!

💡Uchrashuv – bu yangi imkoniyatlar eshigi! Adaptiv sport orqali har bir inson o‘z salohiyatini namoyon qilish, kuchli va irodali shaxs sifatida rivojlanish imkoniga ega. Bu – insonga ishonch, kuch va yangi maqsadlar baxsh etuvchi yo‘l!

🔥Bu uchrashuvda, ehtimol:

🟢kimdir o‘z iqtidorini kashf etadi;
🟠kimdir yangi g‘oyalarga ilhomlanadi;
🟢kimdir o‘z maqsadlari sari ilk qadamni tashlaydi.

⏳Kun va vaqt: 13-mart, soat 11:00
↖️Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti madaniyat saroyi

❕Ma’lumot uchun, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida 11 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan talaba tahsil olmoqda.

📖Qatnashing va o‘z imkoniyatlaringizni ochib ko‘ring!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hujjatlar

O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi

Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤1
#Xushxabar #Reyting #TOP1000

O‘zbekiston universitetlari QS World University Rankings by Subject 2025 reytingida: yangi natijalar va yutuqlar

12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi.

2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39947

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍35🔥13❤5😁3
#XalqaroHamkorlik #Bitim

O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzo chekdi.

Rasmiy imzolash marosimida Fransiyaning nufuzli oliygohlari – Puatye, Gavr-Normandiya, Lion 2 va Renn universitetlari prezidentlari ham ishtirok etib, ushbu hamkorlikning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Qayd etilganidek, ushbu universitetning tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos bilim va innovatsiya markazini yaratishga xizmat qiladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39958

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍35🤔6🔥2😁2😱1
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni

☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30❤3🤔2🔥1
Edu.uz pinned a photo