#XalqaroHamkorlik #Bitim
O‘zbekiston va Fransiya ta’lim sohasida yangi hamkorlikni boshladi
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi strategik hamkorlik doirasida O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish bo‘yicha muhim bitim imzolandi. Hujjatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Fransiya Respublikasi Oliy ta’lim va tadqiqotlar vaziri Filip Batist imzo chekdi.
Rasmiy imzolash marosimida Fransiyaning nufuzli oliygohlari – Puatye, Gavr-Normandiya, Lion 2 va Renn universitetlari prezidentlari ham ishtirok etib, ushbu hamkorlikning istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
Qayd etilganidek, ushbu universitetning tashkil etilishi ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonda xalqaro standartlarga mos bilim va innovatsiya markazini yaratishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39958
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

👍35🤔6🔥2😁2😱1
Texnikumlarda Germaniya mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha bitim imzolandi
19-iyun kuni Germaniyaning Berlin shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Saksoniya iqtisodiyoti o‘quv markazi (bsw Bildungswerk der Sächsischen Wirtschaft gGmbH) va Germaniya sayyohlik uyushmasi (DRV Deutscher Reiseverband e. V.) tashkilotlari o‘rtasida turizm sohasida xalqaro mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
Bitimga muvofiq, Samarqand va Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumlarida 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab 50 nafar o‘quvchi Germaniya ta’lim standartlari asosida o‘qitiladi. O‘quv jarayonida nemis tili chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatiladi.
#XalqaroHamkorlik #Bitim #Turizm #KasbiyTaʼlim

👍11❤5🔥3😁1
#xalqaro_hamkorlik #bitim
Toshkent davlat transport universiteti talabalari Fransiyadagi Airbus markazida amaliyot oʻtaydilar
27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Fransiya Transport vaziri Filipp Tabaro hamda ikki mamlakat taʼlim va aviatsiya sohasi mutasaddilari ishtirokida hamkorlik bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkent davlat transport universiteti, Fransiyaning Milliy fuqaro aviatsiyasi maktabi (ENAC) va dunyoning yetakchi aerokosmik kompaniyalaridan biri – Airbus oʻrtasida imzolangan ushbu bitim taʼlim, ilm-fan va amaliyotni integratsiya qilgan holda aviasozlik soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/106010

❤19👍6😁2😱1
O‘zbekiston-Janubiy Koreya: startap ekotizimini rivojlantirish hamda venchur moliyalashtirish sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Koreya Respublikasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘ratboy Sharipov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori v.v.b Asror Norov, Suncheon Milliy universiteti faxriy professori Seungju Baek, shuningdek, “Korea Development Institute” (KDI) vakillari qatnashdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109737
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Koreya #bitim

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5👏1🤔1