Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#MirzoUlugʻbek631

22-mart
— Mirzo Ulugʻbek tavallud kuni

Bugun buyuk astronom va matematik, Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi Mirzo Ulugʻbekning 631-yillik tavallud ayyomi munosabati bilan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi haykal poyida "Ulugʻbek xazinasi" nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi.

Mirzo Ulugʻbek oʻz davrining ulugʻ allomalaridan biri boʻlib, uning ilm-fanga qoʻshgan ulkan hissasi Samarqand rasadxonasi va “Zij-i Koʻragoniy” asari orqali namoyon boʻlgan. U Yevropa ilm-fani rivojlanishidan oldinroq 1018 yulduzning koordinatalarini aniqlagan, yil davomiyligini 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya deb hisoblab, atigi 25 soniyaga adashgan. Uning rasadxonasida amalga oshirilgan kuzatuvlar butun dunyo astronomiyasi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/41456

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍29🎉4❤2🔥1
#tashrif

Vazirning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda

2025-yil 22-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Samarqand shahridagi bir qator obyektlarga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vazir taʼlim muassasalari infratuzilmasi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Samarqand shahar 3-son politexnikumda oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlarni koʻzdan kechirib, vazir taʼlim muassasasidagi yangi taʼlim usullar va texnikalarni mukammallashtirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish boʻyicha koʻrsatma berdi.

Shuningdek, vazir Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati bo'limi binosining qurilishining yakuniy ishlari bilan tanishdi. Binoni jihozlashda test jarayonlarining shaffofligini taʼminlashga alohida eʼtibor berish zarurligini taʼkidladi.

Q Sharipovning TATU Samarqand filialiga tashrifida filialning taʼlim jarayonlari va tadqiqotlar sohasidagi roliga alohida eʼtibor qaratildi. Filial mutasaddilari bilan uchrashuvda ilmiy izlanishlarni joylardagi muammolarning yechimiga qaratish masalasi muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍30😁4❤1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MirzoUlugʻbek631

Mirzo Ulugʻbekning 631-yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etilgan "Ulugʻbek xazinasi" nomli tantanali tadbirda Oliy ta'lim, fan va innovatsilar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a'zolari ham ishtirok etdilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍27🔥6❤5😁3🎉3