Edu.uz
✔
143K subscribers
40.6K photos
7.8K videos
311 files
18.6K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#RektorYoshlar

27-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev talabalar turar joyida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida talabalar tomonidan turar joy sharoitlarini yaxshilash, ta’lim va bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi. Xususan, TTJ hududida ingliz tili kurslarini tashkil etish, sport to‘garaklarining turlarini ko‘paytirish hamda bepul AutoCAD darslarini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Rektor talabalar tomonidan ilgari surilgan takliflarni tinglab, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi. Uchrashuv talabalar uchun muhim bo‘lib, ular o‘z muammolari va istaklarini bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍23🔥3👏3
#seminar

“Registrator ofisi” faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


27-mart kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish va samarali boshqarish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda “Registrator ofisi”ni namunali yo‘lga qo‘ygan Toshkent davlat texnika universiteti, Qarshi davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutasaddilari tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/42603

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥3😱1
⭕️⭕️⭕️

⚠️ “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

🗓 Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 22-apreldan onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

✅ Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio hamda chet tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikatga ega pedagogik kadrlar) tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

➡️ Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-aprel kuniga qadar https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.

☎️ (95) 515-68-68

🏢 @IlmiyMarkazUz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤2👏1
#Jarayon #RektorYoshlar

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi


Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadriddin Turobjonov mas’ullar hamrohligida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari, ehtiyojlari va muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Ochiq muloqot davomida rektor talabalarning fikr va takliflarini tingladi. Shuningdek, talabalarga ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik adabiyotlar jamlanmasi tuhfa qilindi. Universitet rahbariyatining tashabbusi bilan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍28❤3😁2🔥1
#Xushxabar #PrezidentFarmoni #QonunchilikYangiliklari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi

🔰“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;

📜 “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.

✔️“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

🗓2025-yil 1-iyundan:
🟢nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
🟢nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

✔️Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔6❤4
#SoʻraganEdingiz

SAVOL: Nodavlat oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan talabaga majburiy xizmatga chaqiruv kelsa, uni o‘qish davrida chaqirish qanchalik to‘g‘ri? Kunduzgi yoki kechki ta’limda o‘qiydigan talabalar uchun bu holat qanday tartibga solinadi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yuridik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Farrux Fayziyev javob beradi
👉
https://gov.uz/oz/edu/news/view/42370

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤3🔥1