Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.79K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Targʻibot #TaʼlimTurizm

Chexiyada “O‘zbekiston: bebaho madaniy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Termiz davlat universiteti delegatsiyasi Chexiya davlatining Karlov universitetiga tashrif buyurdi.

Chexiyaning ilmiy doira vakillari mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda yurtimizning betakror qadimiy merosi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda universitet hamkorligida ishlab chiqilgan dastur asosida tarannum etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21❤6🔥2
✨ Amerikada o‘zbekona an’analarimiz namoyish etiladi!

AQShning Michigan shtatida joylashgan Lourens texnologiya universitetida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkaziladi.

🏛 O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida tashkillashtirilayotgan anjuman turli millat vakillarini birlashtirib, o‘zbekona qadriyatlarni dunyoga namoyish etish imkonini beradi.

Ushbu nufuzli universitetda ta’lim olayotgan talabalarimiz tomonidan tashkillanayotgan bayram tadbirida 50 dan ortiq davlatlar, turli millatlar vakillari bo‘lgan talabalar ishtirok etadilar. Mehmonlar o‘zbekona urf-odatlar, an’analar bilan tanishib, sumalak, palov, milliy pishiriqlarimizdan bahramand bo‘ladilar.

🔥 Barchani mehmondo‘stlik, betakror ta’mli noz-ne’matlar, mehr va xush kayfiyat, musiqiy chiqishlar zavqi kutmoqda!

🗓 3-aprel, payshanba, 12:00.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍26🔥3❤1
#talabaga_qulaylik

Nukusda talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi


29-mart kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi qurib bitkazilgan 500 oʻrinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Bayrambay Otemuratov, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, institut jamoasi, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yangi 500 o'rinli yotoqxonada talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Xususan, axborot-resurs va IT markazlari, xorijiy tillarni oʻrganish va tikuvchilik toʻgaraklari, shaxmat klubi, maʼnaviyat xonalari yoshlarning bilim va qobiliyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz. Shu bilan birga, nogironligi boʻlgan talabalar uchun ham maxsus xonalar ajratilib, zarur qulayliklar yaratilgan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🔥4🥰1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat #profilaktika_inspektori

Oliy ta’lim muassasasi profilaktika inspektorining ish kuni

Ushbu videorolikda Qarshi davlat universiteti profilaktika inspektorining kundalik faoliyati, talabalarning xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan asosiy vazifalar aks ettirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍20🔥3❤2😁1
#Jarayon #RektorYoshlar

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar bilan navbatdagi madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Rektor, prof. dr. Sherzodxon Qudratxo‘ja tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan bu kechada xushovoz xonanda, O‘zJOKUning Faxriy prorektori Shuhrat Daryo yoshlarning eng sevimli taronalarini ijro etdi.

Musiqiy chiqishlardan, mushoiraga, mushoiradan yana ommaviy kuy-qo‘shiqlarga ulangan bu badiiy kechada eng faol bo‘lgan talabalarga rektorning 100 ming so‘mlik vaucherlari tarqatildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥6❤1