Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#seminar

“Study in Uzbekistan”: Buxoroda xalqaro taʼlim boʻyicha yirik seminar oʻtkazildi

18-aprel kuni Buxoro shahridagi Wyndham Bukhara Hotel mehmonxonasida “Study in Uzbekistan” elektron axborot tizimi boʻyicha amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Osiyo xalqaro universiteti hamkorligida oʻtkazildi.

Seminarda mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari va boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti boshligʻi Abduvali Xoliqov ochib berdi. Shuningdek, Oliy taʼlimni rivojlantirish markazi direktor oʻrinbosari Muzaffar Esanov “Study in Uzbekistan” tizimi imkoniyatlari yuzasidan taqdimot oʻtkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46735

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍20❤6🥰3🔥2👏1
#prezident_topshirigʻi_ijrosi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Bekobod tumanida bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Toshkent viloyati Bekobod tumani politexnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Politexnikumda mavjud muammo va dolzarb masalalar aniqlanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv dasturlarini mehnat bozoriga moslashtirish, hamkor korxonalar bilan amaliy aloqalarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda amaliy choralar belgilandi.

Amaliy choralarning ilk bosqichi sifatida politexnikumning amaliyot ustaxonalari uchun 30 ta zamonaviy kompyuter, stol va stullar yetkazib berildi. Shu bilan birga, o‘quvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida politexnikum balansiga avtobus va qo‘shimcha jihozlar ajratilmoqda.

Shuningdek, politexnikumning jozibadorligini oshirish, yoshlarni ko‘proq jalb etish maqsadida yangi yo‘nalishlar va qisqa muddatli o‘quv kurslarini ochish bo‘yicha tizimli dastur ishlab chiqilmoqda.

S. Buzrukxonov hududdagi boshqa ta’lim muassasalari faoliyati bilan ham tanishib, yoshlarga kasbiy tayyorgarlik berish va zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍18❤2🤔2🔥1😁1
#vazir_kubogi #taqdirlash

“Vazir kubogi” musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departamenti, boshqarma va bo‘limlari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasi yakuniga yetdi.

Qizg‘in va murosasiz bellashuvlardan so‘ng, g‘oliblar aniqlandi hamda “Eng yaxshi faxriy o‘yinchi”, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to‘purar” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar va har bir jamoaning eng yaxshi o‘yinchilari e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤7🔥3👏3🤔1
#muhandislik_oyligi #ilmiy_anjuman

“Muhandislik oyligi” doirasida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi

17-aprel kuni “Muhandislik oyligi” doirasida Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti tomonidan «INNO» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsion muhandislik yechimlari: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Anjumanni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov ochib berdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/46815

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍14🔥3🤔2❤1😁1